Yangiliklar
Bektemir tumani Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi "Iyk ota" MFYda uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi.
Adliya bo'limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son farmoni yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borilib, aholining muammolari batafsil o'rganildi.
O'rganish davomida fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, tadbirkorlik, meros masalalari, nikohni qayd etish, tug'ilganlik haqida guvohnoma, pasport masalalari shuningdek, uy-joy va kadastr hujjatlari bilan bog'liq holatlar hamda subsidiya kabi turli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olib borildi.
Bektemir tumani “Iyk ota”, Olmazor tumani "Moyariq", "Elparvar", Sergeli tumani “Ittifoq”, Chilonzor tumani “Ko‘rkam”, Shayxontohur tumani “Tinchlik”, “Katta Oqtepa”, Yunusobod tumani “Beg‘ubor”, Yangihayot tumani “Yangi turmush” mahallalarida o'tgan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi va ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, mahallalardagi muammoli oilalar, ularning farzandlari bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha oilalarda yuzaga kelayotgan ziddiyatlar bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari, aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyani oldini olish choralarini ko'rish, tibbiyot xodimlarining korrupsiya bo'yicha huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Yashnobod tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida Yashnobod tuman adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatida tibbiyot xodimlariga korrupsiya tushunchasi va qanday holatlar korrupsiyaga olib kelishi mumkinligi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari tushintirildi va ishtirokchilarning savollariga adliya xodimlari to’liq javob berishdi.
Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Mirobod tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida joylashgan 71201-sonli harbiy qism Jasorat maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta'siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, o‘g‘rilik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, suhbat davomida yoshlarga yaxshilik va yomonlik, to‘g‘ri va noto‘g‘ri, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalarni o‘z ichiga olgan axloqiy me’yor va qadriyatlar hamda ular odamlarga jamiyatda o‘zini qanday tutish kerakligini anglatishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
O'zbekiston Ekologik partiyasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Ekologiya boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Toshkent shahar hokimligida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida poytaxtimizdagi davlat hizmatchilari uchun o'quv kursi tashkil etildi.
Seminarda Shayxontohur tumani adliya bo‘limi mas'ul xodimi Maxbuba Sharifbayeva bugungi kunda aholini qiynab kelayotgan ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, aholining ekologik madaniyatini shakllantirish borasidagi choralar xususida tushuntirish ishlari olib bordi.
Shuningdek, tadbir davomida "2030-yilgacha bo'lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-184-sonli Prezident qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
“Har bir fuqaro — e’tibor markazida” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatish, fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda.
Xususan, Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib o‘rganilib, markazga tashrif buyurishi qiyin boʻlgan keksa yoshdagi fuqarolarga Davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Jumladan, tumanda istiqomat qiluvchi 81 yoshli fuqaro Abdurahim Nosirov va 79 yoshli Yulduz Nosirova xonadonida bo‘lib, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi hamda tug‘ilganlik tog‘risidagi ma'lumotnomalarni olish xizmati bo‘yicha ariza rasmiylashtirilib, sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
“2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida, shuningdek, “Xavfsiz oila” umummilliy tashabbusi asosida Yakkasaroy tumanida oilalarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.
Tadbirda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning taqdiri muhokama qilindi.
Muhokama doirasida ajrim yoqasiga kelib qolgan 5 ta oila bilan individual tarzda suhbat o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida oilalarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, ajrimga olib kelayotgan asosiy sabablar muhokama qilindi va oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, oʻzaro hurmat va ishonch muhitini tiklash boʻyicha tavsiyalar berildi.
Boshqarmaning 1-toifali ish yurituvchi kotibi Bozorov Asadbek Nurali o'g'li 2025-yilning iyul oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.
Asadbek Bozorov boshqarmada mehnat faoliyatini 2018-yilda 1-toifali ish yurituvchi kotib sifatida boshlagan va 2021-2023-yillarda boshqarmaning Rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo'limining 1-toifali ish yurituvchi kotibi, 2023-yildan texnik xodimlarning 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi A.Bozorovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.
Boshqarmaning Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi Amirqulov Sardor Tolibjon o‘g‘li 2025-yilning iyul oyi uchun oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.
Sardor Amirqulov boshqarmada mehnat faoliyatini 2021-yilda Yunusobod tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti sifatida boshlagan.
2022–yil mart-iyun oylarida Sergeli tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi, 2022-2023-yillarda boshqarmaning Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limining bosh maslahatchisi, 2023-yildan Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Adliya boshqarmasi jamoasi S.Amirqulovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashda ijro intizomi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–117-son Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi rejalar haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida mavjud muammolar muhokama qilindi hamda birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimini doimiy takomillashtirib borish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.