Yangiliklar
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi buyrug‘i bilan MAXMUDOV ZUHRIDDIN MUXAMMEDOVICH Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
MAXMUDOV ZUHRIDDIN MUXAMMEDOVICH 1990-yilda Farg'ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy
Z.Maxmudov shu kunga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Xususan, Bektemir tumani "Chashma", Olmazor tumani “Allon”, “Achaobod”, Uchtepa tumani "Latifguzar", Shayxontohur tumani "Gulobod", Yangihayot tumani “Marhamat”, Yashnobod tumani "Al-Buxoriy" MFYlarida fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash va bu borada bepul huquqiy maslahatlar berish yuzasidan sayyor qabul va uyma-uy yurish tadbirlari o‘tkazildi.
Aholi bilan muloqotda “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi hamda qonunchilikda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun imtiyozlar, energoresurslar bilan bogʻliq yangiliklar, kiberxavfsizlik, firibgarlik kabi jinoyatlar va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan tushuntirishlar berilib, oʻrganish talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Shayxontohur tumani adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Gulobod" va "Qoratosh" MFYlarida fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan sayyor qabul va uyma-uy yurish tadbirlari o'tkazildi.
Tadbir davomida, aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi hamda aholi orasidagi turli muammoli masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Prezident qarori ijrosi yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida ishlab chiqilgan infografikalar tarqatilib, kiberxavfsizlik va firibgarlik jinoyatlaridan himoyalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Adliya vazirligining tashabbusi bilan respublika bo‘ylab "Mehr ulash" qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tizim xodimlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab aksiyada faol ishtirok etishdi.
Aksiya davomida 20 nafar boshqarma va tuman adliya bo'limlari xodimlari ko‘ngilli bo‘lib, beg‘araz qon topshirishdi.
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish yoshi o‘n sakkizga to‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!
15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan Uchtepa tumani FHDY bo'limida tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi, ma’naviyat va ma'rifat bo‘limi, tibbiyot birlashmasi va diniy idora vakillari ishtirokida nikohlanuvchi yoshlar bilan “Yoshlarning ma’naviy tarbiyasida oilaning tutgan o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda nikohlanuvchi yoshlarga oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilani mustahkam qo'rg'onga aylantirish uchun oila a'zolarining bir-biriga hurmat e'tibori, shuningdek yoshlar tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyos ekanligi alohida ta'kidlandi.
Seminar yakunida "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida yosh oilalarga kitoblar sovg‘a qilindi hamda sertifikatlar topshirildi.
Butun dunyo bo‘ylab 15-may - Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kunning belgilanishidan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Bugungi kunda Xalqaro oila kunini keng nishonlash mamlakatimizda ham an‘ana tusiga kirgan.
15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan Yunusobod tumani FHDY bo‘limida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan birgalikda “Ibratli oila - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tumandagi ibratli oilalar hamda nikohlanuvchi yoshlar ishtirokida ma’naviy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yosh oilalarda ajrimlarni oldini olish borasida tushuntirishlar berildi.
15–may xalqaro oila kuni munosabati bilan Shayxontohur tumani 1-son va 2-son FHDY bo'limlari hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda “Oila — jamiyat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi!
Tadbirga yosh oila quruvchilar uchun o’rnak sifatida 50 yildan buyon ahil oila bo’lib yashab kelayotgan Adilovlar oilasi hamda bu yil turmush qurganiga 40 yil to’lgan Shojalilovlar oilasi taklif etildi.
Uchrashuv davomida uzoq yillik turmush tajribalariga ega bo‘lgan oila vakillari yoshlarga mustahkam oila qo‘rg‘onini bunyod etish sirlari, o’zaro hurmat tushunchalari haqida so’zlab berishdi.
Tadbir yakunida yoshlarga sertifikatlar va ibratli oilalarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jamiyatda oila institutini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni asrash va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida Yakkasaroy tumanida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda yangi hayotga qadam qo‘ygan yosh kelin-kuyovlar uchun “Oila muqaddas” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari, oilaviy hayot psixologiyasi hamda milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida yosh oilalarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
“Har bir fuqaro — e’tibor markazida” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatish, fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda.
Xususan, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi doirasida, Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Jumladan, 68 yoshli fuqaro Ediye Bayramovaga Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma olish xizmati, 94 yoshli fuqaro Valentina Naplekovaga nikoh to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish xizmati bo‘yicha sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
Huquqiy aksiya doirasida barcha Davlat xizmatlari markazlari tomonidan sayyor qabullar amalga oshirilmoqda