Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

25
Yoshlar oilaviy hayotga oid bilimlarini oshirmoqda

Olmazor tumani "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi"da yosh juftliklar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Ushbu seminarda FHDY bo'limi, tuman tibbiyot birlashmasidan vakillar hamda tuman otinoyilari ishtirok etib, oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish kabi mavzularda yoshlarga tushintirishlar berishdi.

O‘quv-seminarida ishtirok etgan yoshlar kerakli hayotiy bilimlarni olish barobarida sertifikatlarga ham ega bo‘lishdi.

25
Korrupsiya –taraqqiyot kushandasi

Adliya organlari tomonidan korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va bu borada fuqarolarning huquqiy ongini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirda korrupsiya va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda Yunusobod tumani adliya boʻlimi mas’ul xodimi O.Xakimov ishtirok etib, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

25
Fuqaroning uyida nikoh rasmiylashtirildi

Yakkasaroy tuman adliya bo’lim tomonidan mahallalarda uyma-uy yurish tamoyili asosida aholi muammolarini o‘rganish vaqtida
mustaqil harakatlanish qobilyatini yoqotgan fuqaroning murojaati qabul qilindi.

Ma’lum bo’lishicha fuqaro nikohni qayd etish uchun FHDY bo‘limiga bora olmayotganini bildirib, yordam so’ragan.
Yakkasaroy tumani 1-son FHDY bo‘limi tomonidan ushbu fuqarolarning murojaati tez fursatda hal etildi. FHDY xodimasi ularning uyiga borib, sayyor tartibda nikohni qayd etdi va nikoh guvohnomasini ularning qo’liga topshirdi.

25
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyani oldini olish choralarini ko'rish, tibbiyot xodimlarining korrupsiya bo'yicha huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasida rahbar va xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda Yashnobod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Azzamov va S.Eshonqulovlar ishtirok etib, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlariga korrupsiya tushunchasi, korrupsiya va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari atroflicha tushuntirildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

23
Yo'qolgan guvohnoma qaytadan tiklab berildi

Adliya organlarining aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davom etmoqda.

Aksiya doirasida Olmazor tumani adliya bo'limi tomonidan uyma-uy yurib aholi muammolarini o'rganish davomida tumanning Sebzor dahasi, 29-xonadonda istiqomat qilivchi 85 yoshli onaxonning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi yo'qligi aniqlandi.

Olmazor tumani FHDY bo'limi tomonidan qisqa vaqt ichida Magrupat Urmanbekovaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini qayta tiklab, fuqaroga guvohnomani sayyor ravishda yashash xonadoniga yetkazib berildi.

23
Davlat xizmatchilarini halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi

Bektemir tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Bektemir tumani adliya bo‘limi boshlig‘i D.Togayev, tuman prokurori katta yordamchisi S.Ochilov va O‘zbekiston "Adolat" SDPning Bektemir tuman kengashi raisi D.Muxsimovalar ishtirok etdi.

Tadbir mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi shaffoflik, halollik tamoyillari, xodimlar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

22
Nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida seminar o‘tkazildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Toshkent shahar bo‘linmasi va Toshkent shahar hokimligi  Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar majmuasi bilan hamkorlikda poytaxtda faoliyat yuritayotgan NNT vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbir NNTlarning huquq va manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish borasidagi yangiliklar mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad NNTlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish borasidagi yangiliklar bilan NNTlar vakillarini tanishtirish, NNTlarning davlat hamda jamiyat hayotida faolligini yanada oshirishdan iborat.

22
“Huquqiy ko‘mak” loyihasi amalda

“Huquqiy ko‘mak” fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani “Mustaqillik”, “Podshobog‘”, “Sarbon”, “Bahor”, “Bog‘imaydon”, Yunusobod tumani “Ahilobod”, Sergeli tumani “Sultonobod”, Olmazor  tumani “Eski shahar”, “Chustiy”, Мirobod tumani “Oybek” MFYlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarga “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonuni yuzasidan huququy ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, mazkur mahallalar yettiligi a'zolariga "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-son Prezident qarori yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida manzilli targʻibot tadbirlari o‘tkazildi.

21
Yosh oila quruvchilar uchun seminar tashkil etildi

Yakkasaroy tumani 1-son FHDY bo’limi hamda tuman “Oilaviy hayotga tayyorlash o’quv markazi” tomonidan yosh kelin-kuyovlar uchun navbatdagi o’quv-seminar o'tkazildi.

Malakali mutaxassislar bo’lg’usi oila vakillariga er-xotin o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish, oilalarning mustahkamligini ta’minlash, farzand tarbiyasida mas’uliyatli bo’lish hamda oiladagi muammolarni oqilona hal etish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berishdi.

Shuningdek, mashg’ulot so’ngida ishtirokchilarga maxsus sertifikat va mustahkam oila qurishda asqotuvchi qo’llanmalar taqdim qilindi.

20
„Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi doirasida Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” hamda Yakkasaroy tumanidagi "Qushbegi" MFYlarida adliya bo'limi xodimlari tomonidan  aholining huquqiy muammolari o'rganildi.

Aholiga „O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1074-son, 10.07.2025 y.)    Qonuni yuzasidan huququy ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, mazkur mahallalar yettiligi a'zolariga “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida manzilli targʻibot tadbirlari o'tkazildi.