Yangiliklar
Tadbir Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Toshkent shahar bo‘linmasi, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamkorligida tashkil etildi.
Davra suhbatida Toshkent shahar Adliya boshqarmasi vakillari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishidagi yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti ta’sis etilgani hamda „Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risida axborot berildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan maktablardagi “Huquq sinf”larida olib boriladigan dars mashg‘ulotlariga amaliyotchi mutaxassislarni jalb qilish barobarida yoshlarga bevosita adliya tizimida qanday ishlar amalga oshirilishi haqida „ochiq eshiklar“ kuni sifatida uchrashuvlar ham tashkil etib kelinmoqda.
Chilonzor tumani 201-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan "Huquq sinfi" o’quvchilari uchun ana shunday amaliy seminar o'tkazildi. Unda o'quvchilar adliya bo'limi faoliyati bilan tanishib, Davlat xizmatlari markazi, FHDY organlari hamda notarius bilan bog'liq barcha savollariga javob olishdi.
Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Ziyo ulash” loyihasi doirasida iqtidorli o'quvchilarga kitoblar esdalik sovg'a sifatida topshirildi.
Bektemir tuman hokimligida korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va qonunchilikdagi muhim jihatlar bo‘yicha tushunchalarni yanada kengaytirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan tashkilot va idoralar xodimlariga tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan korrupsiyani oldini olish, ularning salbiy oqibatlari hamda qonun talablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur yig‘ilishdan maqsad davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirishga qaratilgan.
"Sug‘diyona" gazetasining "Huquqiy yordam“ sahifasida berilgan savolga Olmazor tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Shexroz Rashidov huquqiy tushuntirish bergan maqolasi chop etildi.
Yashnobod tumani "Behizor" MFY binosida tumandagi mahallalar raislari hamda mahalla yettiligi a'zolari uchun adliya boʻlimi xodimlari tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, jinoyatchilikni oldini olishda shaxsiy mas’uliyat va daxldorlikni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy va ijtimoiy asoslari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ma'lumotlar va ularni qiziqtirgan boshqa savollarga ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni doirasida, poytaxtning Chilonzor tumanidagi “Nafosat”, Yunusobod tumani “Qashqar”, Mirobod tumani “Mirobod”, Yashnobod tumani “Tarnovboshi” MFYlarida adliya bo'limlari xodimlari tomonidan aholi muammolari oʻrganildi.
Shuningdek, mazkur mahalla yettiligi a'zolari va fuqarolarga davlatimiz rahbarining "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-son qarori yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida manzilli targ'ibot tadbirlari oʻtkazildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini yaratish hamda ularni davlat tomonidan muhofaza va himoya qilish bo‘yicha Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi) muhofaza hujjatiga (guvohnoma va patent) talabnoma topshirmoqchi bo‘lgan va ushbu obyektlarga patent olishda qiynalayotgan 20 nafar jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etdi.
“Intellektual mulk markazi” xodimlari tomonidan tadbirkorlarning 19 ta tovar belgilarining dastlabki ekspertizasi o‘tkazilib, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 5 ta talabnoma topshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, 3 ta tadbirkorlik subyektining tovar belgisiga guvohnoma olish uchun topshirilgan talabnomalariga muassasa tomonidan yuborilgan so‘rovnomalar bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.
Shayxontohur tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi 41-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida oʻquvchilarga voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir boʻladigan huquqbuzarliklar va ularni oldini olish, ta’lim jarayonida yuzaga keladigan korrupsiyaviy omillar va ular haqida xabar berish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berib oʻtildi.
Shunigdek, o’quvchilarning yaxshi bilim olishlari uchun yurtimizda bepul ta’limning konstitutsiya asosida belgilab qo’yilgani va yoshlar uchun qator imkoniyatlar yaratilganligi haqida ham so’z yuritildi.
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni doirasida Shayxontohur tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Tinchlik” MFYda aholi muammolari oʻrganildi.
Shuningdek, mazkur mahalla yettiligi a'zolari va fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi 1-son qarori yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish,ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasida Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimlari uchun yuridik shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish, qayta ro'ytxatdan o'tkazish va tugatish masalalari bo'yicha navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminar muzokara tarzida davom etib, xodimlar faoliyatida duch kelayotgan muammolar yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob oldilar.