Yangiliklar
"Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak" aksiyasi doirasida Bektemir tumani “ Zabardast ”, “Mirishkor”, “Oltintopgan”, Shayxontohur tumani “Koʻkcha”, Yunusobod tumani “Shahriston”, Mirobod tumani “Inoqobod”, "Tong yulduzi" MFYlarida adliya bo'limlari xodimlari tomonidan fuqarolarning muammolarini aniqlash yuzasidan sayyor qabullar o'tkazildi.
Tadbir davomida, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan manzilli ishlash, muammolarni o‘rganish va hal etishga qaratilgan huquqiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mazkur mahalla yettiligi a’zolari va fuqarolarga “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Sergeli tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 349-sonli maktabda “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan mazkur tadbirda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida oʻquvchilarga yoshlar o‘rtasida ro‘y berayotgan huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, uni oldini olish choralari va jinoyatni keltirib chiqaruvchi omillarga befarq boʻlmaslik, ta’lim jarayonida yuzaga keladigan korrupsiyaviy omillar va ular haqida xabar berish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berib oʻtildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Arq buloq” TIF bojxona postida tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustda qabul qilingan O‘RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyati hamda ushbu hujjat asosida Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga kiritilgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” hamda Intellektual mulk sohasida qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak" aksiyasi doirasida poytaxtning Mirobod tumani “Farovon”, "At-Termiziy", Sergeli tumani “Ziynat”, Yashnobod tumani "Xosiyatli", Uchtepa tumani "Noʻgʻoy qoʻrgʻon", “Sog'uniy”, "Diydor", “Qoziguzar” MFYlarida adliya bo'limlari xodimlari tomonidan fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularga bepul huquqiy maslahat berish yuzasidan tadbirlar o'tkazildi.
Tadbir davomida, aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi hamda aholi orasidagi turli muammolar xususan, migratsiya, meros moddiy yordam, bola nafaqasi, aliment to‘lash, ishga joylashish va boshqalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mazkur mahalla yettiligi a'zolari va fuqarolarga “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida firibgarlik jinoyatlaridan himoyalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo'limi va tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etgan yosh oila quruvchilar o'qitildi.
O'quv mashg'ulotlari davomida tuman FHDY bo'limi xodimlari, diniy idora vakillari va oilaviy psixolog tomonidan yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma'naviy va ma'rifiy hamda diniy mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushintirishlar berildi.
O'quv mashg'ulotlarini tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 10 nafar juftliklarga sertifikatlar topshirildi.
Poytaxtning Yunusobod, Mirobod va Sergeli tumanlarida Adliya bo‘limlari hamda Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda "Mahalla tizimi xodimlarining bilim va malakalarini oshirish boʻyicha oʻquv seminar"lari tashkil etildi.
Unda "Mahalla insitutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni asosida mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas'ul shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish, ularni hamkorligini ta'minlash yuzasidan huquqiy bilimlari oshirildi.
Shuningdek,“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Kontrafakt mahsulotlar aylanishini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va bojxona boshqarmasi hamkorlikda Toshkent-Tovar bojxona postida tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirokida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni realizatsiya qilishning salbiy oqibatlari hamda ularni sotganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1080-son Qonunning mazmuni tushuntirilib, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilgani alohida ta’kidlandi.
Ushbu tadbirlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va sifatli mahsulotlar bozorini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko’p tarmoqli klinikasida har yili 250 ming nafardan ortiq bemorlarga tibbiy xizmatlar ko’rsatiladi.
Ushbu dargohda ko’plab talabalar ham puxta bilim va malakaga ega bo’lishlari qatorida o’z qasamyodiga sodiqlik hamda halollik fazilatlarini o’zlashtirib, so’ng oq xalat egasiga aylanishlari shart.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o’tkazilgan katta anjumanda tizimni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish va bu borada qilinishi lozim bo’lgan vazifalar haqida so’z yuritildi.
Shayxontohur tuman tibbiyot birlashmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Davlat xizmatchilarini halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, ushbu illatni yo‘q qilish har bir fuqaroning fuqarolik burchi ekanligi ta'kidlandi.
Ushbu tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi shaffoflik, halollik tamoyillari, xodimlar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bektemir tumani hokimligida tuman Adliya bo‘limi hamda Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda 18 nafar MFY raislariga o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda "Mahalla insitutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni asosida mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas'ul shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish, ularni hamkorligini ta'minlash yuzasidan huquqiy bilimlari oshirildi.
Shuningdek,“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.