Yangiliklar
Poytaxtning Mirobod tumani "Avloniy" MFY va Sergeli tumanidagi “Izzatli” mahallalarida “Adliya kuni" tadbirlari tashkil etildi. Adliya xodimlari tomonidan o’tkazilgan sayyor qabul, uyma-uy yurish tadbirlari davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar o’rganildi.
"2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida ham aholiga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-son qaror yuzasidan aholiga targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Sergeli tumanidagi mahallalarda muammoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilikning profilaktikasi hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash orqali ajrimlarning oldini olish maqsadida tuman FHDY bo‘limida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda oilalarni faol ijtimoiy hayotga jalb etish, ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida, mutaxassislar jalb etilib, psixologik trening hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo'limi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda yosh oila quruvchilar uchun navbatdagi seminar mashg’ulotlari o'tkazildi.
Turmush qurish arafasida turgan yoshlarga psixolog, diniy idora vakillari va namunali oila egalari oila hayotidagi mas’uliyat, sabr-toqat, o‘zaro hurmat va ishonch muhimligi haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek, oilaning muqaddasligi va uni asrab-avaylash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ongida oilaga jiddiy va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qilishi shubhasizdir.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi buyrug‘i bilan MAXMUDOV ZUHRIDDIN MUXAMMEDOVICH Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
MAXMUDOV ZUHRIDDIN MUXAMMEDOVICH 1990-yilda Farg'ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy
Z.Maxmudov shu kunga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Jamiyatda oila institutini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni asrash va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida Yakkasaroy tumanida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda yangi hayotga qadam qo‘ygan yosh kelin-kuyovlar uchun “Oila muqaddas” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari, oilaviy hayot psixologiyasi hamda milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida yosh oilalarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
“Har bir fuqaro — e’tibor markazida” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatish, fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda.
Xususan, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi doirasida, Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Jumladan, 68 yoshli fuqaro Ediye Bayramovaga Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma olish xizmati, 94 yoshli fuqaro Valentina Naplekovaga nikoh to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish xizmati bo‘yicha sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
Huquqiy aksiya doirasida barcha Davlat xizmatlari markazlari tomonidan sayyor qabullar amalga oshirilmoqda
Uchtepa tumani FHDY bo'limi tomonidan oilaviy psixolog va diniy idora vakillari ishtirokida nikohlanuvchi yoshlar bilan "Baxtli oila sirlari" mavzusida seminar o'tkazildi.
Seminarda nikohlanuvchi yoshlarga huquqiy, tubbiy psixologik bilim bilan bir qatorda, oilada erkak va ayollarning mas'uliyati, vazifalari haqida ham tushunchalar berildi.
Oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish, oilaning mustahkam qo'rg'onga aylantirish uchun oila a'zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati, qolaversa ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushunchalar berildi. Nikohlanuvchi yoshlarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Seminar yakunida o'n sakkiz nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, jinoyatchilikni oldini olishda shaxshiy mas’uliyat va daxldorlikni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-son qaror yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan mazkur tadbir davomida "Bepul huquqiy maslahat har bir uyga" huquqiy aksiyasi doirasida tibbiyot xodimlariga huquqiy muammolari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
“Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Yashnobod tumani adliya bo‘limi tomonidan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov yakuni bo‘yicha 1-o'rinni tumandagi 30-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Botirbayeva Bahora, 2-o'rinni 230-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Abduhakimova Odina, 3-o'rinni 216-maktabning 8-sinf o'quvchisi Xolmatova Shaxzoda egalladi va “Eng yosh kitobxon” nominatsiyasi bo'yicha 155-maktabning 8-sinf o'quvchisi Obidov Anvar munosib deb topildi.
Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan yoshlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.