Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

21
"Mexrjon'" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Prezident Farmoni doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish maqsadida Chilonzor tumanining “Mexrjon“ mahallasida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha, xususan, uy-joy, subsidiya, kadastr va boshqa masalalarda murojaatlari tinglanib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli tartibda ish yurituviga olindi.

Tadbir davomida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni o‘z huquq va majburiyatlari haqida kengroq xabardor qilish maqsadida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

14
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi  buyrug‘i bilan ESHNIYOZOV BOBIR MIRZO BAXTIYOR O‘G‘LI Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi, sho‘ba boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ESHNIYOZOV BOBIR MIRZO BAXTIYOR O‘G‘LI 1994-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy.

B.Eshniyozov shu kunga qadar Toshkent shahar Mirobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

14
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi  buyrug‘i bilan TOJIYEV ZARIF BOYMURAT O‘G‘LI Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi, sho‘ba boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

TOJIYEV ZARIF BOYMURAT O‘G‘LI 1994-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy.

Z.Tojiyev shu kunga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

14
Intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha targ'ibot tadbirlari tashkillashtirilmoqda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Sergeli tumanidagi sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.

Uchrashuv davomida, ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

Ma’lumot uchun: Joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonuni bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi, shuningdek adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari berildi.

14
Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbar kotibi Narkuziyeva Nozimaxon Baburovna 2025-yilning oktabr oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Nozimaxon Narkuziyeva 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

Nozimaxon Narkuziyeva boshqarmada mehnat faoliyatini 2025-yilning mart oyidan boshlab, boshqarma rahbar kotibi sifatida davom ettirmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi  N.Narkuziyevani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

14
Nikoh shartnomasi va uning afzalliklari tushuntirilmoqda

Yangihayot tuman adliya bo'limi, FHDY hamda tuman oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorlikda  katta hayot ostonasida turgan yoshlar va xotin-qizlarga o’quv-seminarlari o’tkazilmoqda.

Unda nikohi qayd etilishida tomonlarning huquqlarini himoya qilish, kelajakda er va xotinning teng huquqliligini taʼminlash maqsadida nikoh shartnomasini tuzish haqida tushunchalar berilib, uni tuzish takliflari berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy dolzarb muammolariga yaqindan yechimlar berib o'tildi.

12
Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz mas'ulmiz

Toshkent shahridagi ta'lim sohasi xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik masalalari, korrupsiya omillarini keskin kamaytirish choralari borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, sohada korrupsiyani oldini olish, ta’lim tizimini shaffof va korrupsiyadan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilib, so‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr almashildi.

Bunday profilaktik tadbirlar xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldorlik hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

11
Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan maktablarda adliya xodimlari tomonidan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda

Yakkasaroy tumani adliya bo'limi tomonidan tumandagi 89-sonli maktabda o'quvchi yoshlarga “Konstitutsiyada yoshlarning huquq va erkinliklari kafolatlari” mavzusida o’quv mashg‘uloti o’tkazildi.

Ushbu tadbirdan asosiy maqsad maktab o'quvchilarini Konstitutsiyaga oid huquqiy bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash hamda huquqiy savodxonligini yanada  oshirishdan iboratdir.

Shu bilan birgalikda tadbir davomida o‘quvchilar qonunchilikdagi so'nggi o'zgarishlardan ham xabardor qilindi.

11
Deontologiya tamoyili bo‘yicha amaliy dars mashg‘uloti

Odil sudlov akademiyasida Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan kasbiy qayta tayyorgarlik o‘quv kurslari doirasida Jinoyat huquqi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar uchun “Deontologiya tamoyili” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulot Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot davomida notariat idoralari faoliyatining mazmun-mohiyati, xususan, hujjatlarni apostil shaklida tasdiqlash tartibi, advokatura faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi masalalar — tergov, surishtiruv va sud jarayonlarida gumonlanuvchi hamda ayblanuvchilarni davlat hisobidan advokat bilan ta’minlash tizimi, navbatchi advokatlarni kompyuter dasturi yordamida inson omili aralashuvisiz tanlab olish mexanizmi haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

10
Zoom platformasi orqali o‘quv-seminar o‘tkazildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari xodimlari ishtirokida Zoom platformasi orqali “Davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko'rsatishda vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida Vazirlar Mahkamasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 774-son qarori ijrosini samarali amalga oshirish choralari tushuntirildi.

Shuningdek, ushbu sohada vujudga kelayotgan muammolar xususida to‘xtalib, Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish haqida shartnoma tuzgan advokatlar sonini oshirish, Davlat hisobidan yuridik уоrdаm ko'rsatishda sud va huquqni muhоfaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari yuzasidan ham tushintirishlar berib o‘tildi.