Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

05
Bolalar va yoshlar huquqlari qonun himoyasida

Mamlakatimizda bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash, ularni himoya qilish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, mamlakatimiz bo‘ylab “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Huquqiy aksiya doirasida Shayxontohur tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida, bolalar va yoshlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlari, kafolatlari va imtiyozlari, shuningdek bolalar zo‘ravonligiga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, bolalar huquqlariga oid videoroliklar namoyish etildi.

05
Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Bugun Toshkent shahar adliya boshqarmasida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya organlari tizimida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha fidoiylari faxriy yorliq va mukofotlar bilan taqdirlanishdi. 

05
TAYINLOV

Toshkent shahar adliya boshqarmasida shu kunga qadar boshqarmaning Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta'minlash sho‘basi boshlig’i  lavozimida faoliyat yuritib kelgan Maxmasoliyev Bahrom Sobir o‘g‘li Adliya vazirligining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining yetakchi maslahatchisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan kuzatuv marosimi o'tkazildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi B.Maxmasoliyevga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g'ayrat va shijoat doimiy hamroh bo'lishini tilaydi.

05
Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Bugun, 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida tashkil etilgan “Konstitutsiya ko‘chasi”dan fotolavhalar

05
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi

“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy bilim, ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Muzaffar Niyazmetov ma’ruza bilan ishtirok etib, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-1083-son Qonuni va mazkur Qonun bilan “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

Tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan huquqiy muammolar eshitilib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

04
Konstitutsiya – adolat tantanasi

"Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!" shiori ostida navbatdagi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazida o‘tkazildi.

Tadbirda Yangihayot tumani adliya bo‘limi mas’ul xodimi Abror Berdiyev ishtirok etib, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida Konstitutsiyada belgilangan asosiy tamoyillar, qonun ustuvorligi, inson huquqlarining ustuvorligi haqida fikr-mulohazalar bildirilib, savol-javoblar asosida mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalar yanada mustahkamlandi.

04
Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi

Toshkent davlat stomatologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” shiori asosida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Yashnobod tumani adliya bo‘limi xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat “Targ‘ibot poyezdi” volontyorlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy inson huquqlari, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, fuqarolarning erkinlik va tenglik kafolatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.

Volontyorlar ishtirokchilar bilan savol-javob shaklida muloqot o‘tkazib, Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni, fuqarolik mas’uliyati, jamiyat taraqqiyotida qonun ustuvorligining ahamiyati borasida tushuntirish ishlarini olib bordilar.

03
Toshkent shahrida “Targ'ibot poyezdi" aksiyasi davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”  shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi.

Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalaridan iborat “Targ‘ibot poyezdi” va adliya xodimlari tomonidan Olmazor tumani 278-son, Shayxontohur tumani 180-son,Bektemir tumani 289-son, Yunusobod tumani 9-son maktablarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida o'quvchilarga Konstitutsiyada belgilangan asosiy huquq va erkinliklar, qonun ustuvorligining jamiyat hayotidagi o‘rni haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida viktorinalar tashkil etilib, faol ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

03
intellektual mulk obyektlari bo‘yicha amaliy yordam

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida Adliya vazirligi tomonidan intellektual mulk obyektlari bo‘yicha amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida quyidagi natijalarga erishildi:
16 nafar jismoniy va yuridik shaxsga tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabnoma topshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
10 nafar tadbirkorga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
5 ta yozma murojaat joyida qabul qilinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Sayyor qabulda 100 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha maslahat oldilar.

Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarning brend nomlari Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalida (https://im.adliya.uz/) tekshirilib, mavjudligi yoki mavjud emasligi yuzasidan amaliy xulosalar berildi.

Ushbu sayyor qabul aholi va tadbirkorlarning intellektual mulk obyektlarini yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga, shuningdek, zarur amaliy yordamni joyida olishlariga xizmat qildi.

02
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” aksiyasi doirasida tadbirlar davom etmoqda


Mirobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida tumandagi 154-son maktabda ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Har yili dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham 25-noyabrda “16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi start oladi. BMTning mazkur global aksiyasi 2008-yildan buyon Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish sanasida boshlanib, 10-dekabr — Inson huquqlari kuniga qadar davom etadi.

Uchrashuvda Toshkent shahar prokuraturasi, tuman adliya bo‘limi, tuman IIO FMB mas’ullari, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda zo‘ravonlikka mutlaqo toqat yo‘qligini targ‘ib qilish borasida muhim ma’lumotlarni yetkazishdi.