Yangiliklar
Uchtepa tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori Akmurzayev Ilxom Ravshan o‘g‘li 2025-yilning noyabr oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.
Ilxom Akmurzayev adliya organlarida mehnat faoliyatini 2024-yilda Shayxontohur tumani adliya bo'limi 1-son FHDY bo'limi arxivariusi vazifasidan boshlab, 2025-yil fevral oyidan Uchtepa tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori sifatida davom ettirmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi I.Akmurzayevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.
Seminar davomida Yashnobod tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun va "Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida"gi Namunaviy nizom mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir davomida jro intizomi va murojaatlar bilan ishlashda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar yuzasidan suhbatlashildi va seminar ishtirokchilarining bu boradagi takliflari muhokama qilindi.
Unda ommaviy axborot vositalari, blogerlar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i tomonidan tadbir ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot ma'lumot berdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, biznesni boshlash jarayonida davlat xizmatlarini kompleks ko‘rsatish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida Prezidentimizning 2025-yil 14 noyabrdagi PF–214-son “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlarini 90 milliard so‘mgacha qisqartirish, shuningdek, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonida 15 kungacha vaqtni tejash imkonini beradi.
Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida bir qator xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, elektron raqamli imzo berish, bank hisobvaraqlarini ochish va faollashtirish, ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarga ariza topshirish, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini olish, onlayn nazorat-kassa mashinalarini xarid qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, yuridik shaxs rahbarini “Yagona milliy mehnat tizimi”da hisobga qo‘yish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi. Tadbirkorlik subyektlarining birlamchi ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgarishlar guvohnomalar, litsenziyalar va ruxsatnomalarga idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik va bepul kiritiladi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-martdan boshlab litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Farmon bilan joriy etilayotgan yangiliklar tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, biznesni tez va oson boshlash hamda ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga vazirlik mas'ullari tomonidan batafsil javob berildi hamda ularning takliflari tinglandi.
“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida professor-о‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda mas’ullar so‘zga chiqib, korrupsiya bilan bo‘g‘liq jinoyatlar, ularning oqibatlari, yoshlar orasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligini ta’kidlashdi. Talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Tadbir yakunida oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishda barchaning mas’uliyati muhim ekani, bu borada tizimli va uzluksiz ishlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Har yili dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan “16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi bu yil “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida o‘tkazildi.
“Ayollar xavfsizligi: oflayn va onlayn zo‘ravonlikka chek qo‘yamiz” mavzusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh ofisida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Shayxontohur tuman adliya boʻlimi boshlig‘i Farxod Akbarov ishtirok etib, ayollar va qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish bo‘yicha tushunchalar berdi.
“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, Toshkent xalqaro ta'lim universitetida talaba-yoshlar hamda tumanda faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar yetakchilari uchun Yashnobod tumani adliya bo'limi hamda yoshlar ishlari bo'limi bilan hamkorlikda seminar o'tkazildi.
Tadbirda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmuni, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etganlik uchun javobgarlik choralari, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish bo'yicha yoshlarga batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.
“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan an’anaviy “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mas’ullar so‘zga chiqib, ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash jarayonlari, bu yo‘nalishda qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, korrupsion holatlarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy madaniyatni rivojlantirish va komplayens tizimining dolzarb masalalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tishdi.
Tadbir yakunida “Yangi Oz‘bekiston – korrupsiyasiz kelajak” shiori ostida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Yakkasaroy tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimligi, prokuratura, adliya bo‘limi, IIO FMB mas'ullari, shuningdek “mahalla yettiligi” vakillari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tuman adliya bo‘limlari tomonidan ta‘lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida o‘quvchilarga bolalar huquqlarini himoya qilishga oid asosiy me’yorlar, ular uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar, shuningdek, ta’lim olish, erkin fikrlash, shaxsiy daxlsizlik, salomatlik va xavfsizlik huquqlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, internetdan xavfsiz foydalanish, ota-ona va pedagoglar bilan samarali muloqotda bo‘lishning ahamiyati borasida zarur tavsiyalar berildi.