Yangiliklar
Yangihayot tumani hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek korrupsion holatlarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda tuman hokimligi faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da nikohlanuvchi yoshlar uchun oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda malakali pedagoglar hamda mutaxassislar yoshlar bilan nikohdagi huquqiy mas’uliyat, oilada huquqiy munosabatlarning shakllanishi, to‘y-ma’rakalarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat asosida baxtli turmush kechirishga oid tavsiya va maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, tadbir davomida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” aksiyasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari ham olib borildi. Unda ayollar va qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil qilindi
Poytaxtdagi tuman davlat xizmatlari markazlarida xodimlar, shuningdek jamoatchilikka huquqiy ma’lumotlarni yanada ochiq va qulay shaklda yetkazish maqsadida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.
Ushbu burchak mamlakatimiz Konstitutsiyasi normalari, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga doir qonunchilik yangiliklari, shuningdek, aholi uchun muhim huquqiy taqdimotlar jamlangan maxsus axborot maydoni vazifasini bajaradi.
Burchakda Konstitutsiyaning eng muhim moddalari sodda va tushunarli sharhlar bilan, yangi qabul qilingan qonunlar va islohotlar haqida ma’lumotlar, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan buklet va tarqatma materiallar, yuridik adabiyotlar va elektron resurslar orqali interaktiv ma’lumotlar taqdim etiladi.
Mirobod tumani adliya bo‘limi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 294-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hududidagi barcha maktablarning 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov davomida yoshlar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquq va erkinliklarning hayotdagi o‘rni, fuqarolik mas’uliyati hamda Vatanga sadoqat kabi dolzarb masalalar borasida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdilar.
Tanlov yakuniga ko’ra g‘olib deb topilgan o’quvchilar 1,2,3 darajali diplomlar bilan taqdirlanishdi.
"9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan an’anaviy “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Chilonzor tumani hokimligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi va mas’ullar so‘zga chiqib, ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash jarayonlari, bu yo‘nalishda qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, hozirgi paytda ko‘p uchrayotgan maishiy korrupsiya holatlari va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan chora-tadbirlar xususida o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tishdi.
Shuningdek, tadbirda tumanda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi va kelgusida bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yangihayot tumani adliya bo‘limi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 304-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hududidagi barcha maktablarning 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov davomida yoshlar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquq va erkinliklarning hayotdagi o‘rni, fuqarolik mas’uliyati hamda Vatanga sadoqat kabi dolzarb masalalar borasida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdilar.
Tanlov yakuniga ko’ra g‘olib deb topilgan o’quvchilar 1,2,3 darajali diplomlar bilan taqdirlanishdi.
Aholining huquqiy muammolarini aniqlash, o‘rganish hamda joyida bartaraf etish maqsadida Sergeli tumanining "Xabibiy" mahallasi aholisi ishtirokida tuman adliya bo'limi tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabul davomida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan aholining kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolar, xususan, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash, yer, uy-joy, oila masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Olmazor tumani adliya bo‘limi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tumandagi barcha umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonunchilik asoslari, xususan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, korrupsion holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berilib, ushbu holatlarning oqibatlari hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilishdan iboratdir.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan bozorlar, savdo majmualari va savdo do‘konlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Profilaktika tadbirlari davomida iste’molchilar va tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni realizatsiya qilishning salbiy oqibatlari hamda ularni sotganlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi — aholining huquqiy savodxonligini oshirish va kontrafakt mahsulotlarning oldini olish hisoblanadi.
Tadbir yakunida savdo nuqtalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt mahsulotlar haqida ma’lumot beruvchi tarqatma materiallar (kataloglar) tarqatildi va asl mahsulot yoki tovarlar sotuvchi savdo obyektlari “kontrafaktsiz savdo obyekti” sifatida e’tirof etilib, ularga ushbu mazmundagi maxsus stikerlar tarqatildi.
“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Toshkent shahar bo‘linmasi va O'zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyatining Toshkent shahar tashkiloti bilan hamkorlikda Yunusobod tumanida joylashgan 1-sonli klinik bolalar shifoxonasida “Menga umr baxsh et” xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir davomida bemor bolalarni holidan xabar olinib, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan bemor bolalar uchun qon topshirish tashkil etildi va turli esdalik sovg‘alar ulashildi.
Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining barqaror rivoji yo‘lidagi salmoqli hissasi va ijtimoiy-foydali loyihalardagi faol ishtiroki uchun bir guruh nodavlat notijorat tashkiloti vakillari Toshkent shahar adliya boshqarmasining “Tashakkurnomasi” bilan taqdirlandi.