Yangiliklar
Toshkent shahar adliya boshqarmasida poytaxtdagi xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslar uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda notarial harakatlarni onlayn rasmiylashtirishda aholi uchun qulayliklar va uni amalga oshirish borasida ko’rgazmali tarzda tushintirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, notarial harakat elektron tizimda avtomat tarzda shakllanishi va kerakli hujjatlar onlayn olinishi sabab belgilangandan ortiqcha pul undirilmasligi bu esa korrupsiyaga yo’l qo’yilmasligida muhim o’rin egallashi ham alohida takidlandi.
E-notarius.uz axborot portali orqali joriy yil boshidan buyon hozirga qadar respublikada jami 4 511 833 ta notarial harakatlarning 196 302 tasi onlayn tarzda tasdiqlangan.
Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8, 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o’tkazilayotgan “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichi o’tkazildi.
Olimpiadaning shahar bosqichida tumanlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan 48 nafar o’quvchi yoshlar ishtirok etdi. Ular orasidan eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Olimpiadaning 1, 2, 3-o'rin olgan o‘quvchilar adliya boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi, tuman adliya bo‘limi, hokimlikning rahbar va xodimlari ishtirokida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olishga qaratilgan “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori mazmun mohiyati ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan takliflar berildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Bektemir va Mirzo Ulug'bek tumanlaridagi kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.
Uchrashuv davomida, ishtirokchilarga joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.
Ma’lumot uchun: Joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonuni bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi, shuningdek adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari berildi.
Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha manfaatdor tashkilotlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi qoʻshma qaroriga asosan Shayxontohur tumani adliya boʻlimi tomonidan tumandagi 180-sonli maktabda “Huquqshunoslik fani bilimdoni” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchilar huquq faniga doir nazariy savollar va muammoli vaziyatlarga javob bergan holda baholandilar.
Tanlov yakunida g‘olib deb topilgan ishtirokchilar Toshkent shahar adliya boshqarmasining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shayxontohur tuman 1-son FHDY bo’limi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish kabi salbiy illatlarning oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda talaba qizlarga erta nikoh va uning huquqiy, ijtimoiy oqibatlari tushintirildi. Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida erta turmush qurish, nikohlar asosan ota-ona yoki qarindoshlarning bosimi ostida bo‘layotgani takidlandi.
Shuningdek, bunday vaziyatda ota-onalar, mahallaning masʼuliyati haqida maʼlumotlar berilib, savollarga javob qaytarildi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 25-30 sentyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan, Yangihayot tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 304-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mehnat jamoasi va o'qituvchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish maqsadida manzilli targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida o‘qituvchilarga ta’lim sohasidagi yangiliklar, bugungi kunda o‘qituvchilar uchun belgilangan qonuniy imtiyozlar hamda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida atroflicha tushuntirish berildi.
Telegram kanalda quyidagilar taqdim etib boriladi:
qonunchilikdagi yangiliklar haqida audio formatdagi tushuntirishlar;
imo-ishora muloqoti shaklidagi huquqiy video materiallar;
nogironligi bo'lgan shaxslar uchun foydali axborotlar.
Yashnobod tumani FHDY bo‘limi mudirasi Samira Said-Gaziyevaning ushbu mavzudagi maqolasi Hudud24.uz rasmiy saytida chop etildi.