Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

12
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, Toshkent xalqaro ta'lim universitetida  talaba-yoshlar hamda tumanda faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar yetakchilari uchun Yashnobod tumani adliya bo'limi hamda yoshlar ishlari bo'limi bilan hamkorlikda seminar o'tkazildi.

Tadbirda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmuni, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etganlik uchun javobgarlik choralari, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish bo'yicha yoshlarga batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.

11
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan an’anaviy “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mas’ullar so‘zga chiqib, ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash jarayonlari, bu yo‘nalishda qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, korrupsion holatlarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy madaniyatni rivojlantirish va komplayens tizimining dolzarb masalalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tishdi.

Tadbir yakunida “Yangi Oz‘bekiston – korrupsiyasiz kelajak” shiori ostida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

11
Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz

Yakkasaroy tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimligi, prokuratura, adliya bo‘limi, IIO FMB mas'ullari, shuningdek “mahalla yettiligi” vakillari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

10
Bolalar va yoshlar huquqlari qonun himoyasida

“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tuman adliya bo‘limlari tomonidan ta‘lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida o‘quvchilarga bolalar huquqlarini himoya qilishga oid asosiy me’yorlar, ular uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar, shuningdek, ta’lim olish, erkin fikrlash, shaxsiy daxlsizlik, salomatlik va xavfsizlik huquqlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, internetdan xavfsiz foydalanish, ota-ona va pedagoglar bilan samarali muloqotda bo‘lishning ahamiyati borasida zarur tavsiyalar berildi.

10
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 20-noyabrdan 10-dekabrga qadar  “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda talaba-yoshlarga ular uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berildi va qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berildi.

10
Konstitutsiyaviy qadriyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash — taraqqiyotning asosiy omili

Konstitutsiyaning 33 yilligi hamda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” DM hamkorligida “Konstitutsiyaviy qadriyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash — taraqqiyotning asosiy omili” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning davlat va jamiyat rivojidagi o‘rni, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek,  mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi huquqiy asoslar va amaliy chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi va tadbir ishtirokchilarining savollariga mutaxassislar batafsil javob berishdi.

10
Konstitutsiya — huquqlarim poydevori

Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya — huquqlarim poydevori” hamda “Biz Korrupsiyaga qarshimiz” mavzularida insholar tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

✍️ Tanlov natijalariga ko'ra:
“Konstitutsiya — huquqlarim poydevori”
????-o'rin Uchtepa tuman 129-maktab o'quvchisi Isxakova Xabira;
????-o‘rin Chilonzor tuman 162-maktab o'quvchisi Normurodova Shodiya;
????-o‘rin Bektemir tuman 337-maktab o'quvchisi Jo'rayeva Shahrizoda.

“Biz Korrupsiyaga qarshimiz”
????-o'rin Yangihayot tuman 329-maktab o'quvchisi Asraqulova Charos;
????-o‘rin Chilonzor tuman 283-maktab o'quvchisi Zibibullayeva Jasmina;
????-o‘rin Shayxontohur tuman 314-maktab o'quvchisi Jo'rayeva Madinabonu egalladilar.

????Tanlov yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan o‘quvchilar 1,2,3 darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

09
Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi Fazliddin Komilov ishtirok etib, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Yangi O‘zbekistonni barpo etishning huquqiy kafolati” nomli ma’ruzasida Konstitutsiyaning zamonaviy demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni,  inson huquqlari ustuvorligi, fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, jamiyat barqarorligi Konstitutsiyaning asosiy maqsadlaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

09
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi Yakkasaroy tumanida davom etmoqda

Aksiya doirasida adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi 73, 89, 100, 144, 319-sonli umumta'lim maktablarida bolalar va yoshlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga oid davra suhbati tashkil etildi hamda tushuntirishlar berildi.

Aksiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
– bolalar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida ekanligini singdirish;
– bolalar va yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini oʻrganish, tahlil qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash;
– bolalar zo‘ravonligini oldini olish;
– bolalar bullingini aniqlash va uni oldini olish yuzasidan huquqiy bilimlarni oshirish;
– uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash;
– nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash;
– bolalar va yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish.

06
Mukofot muborak bo'lsin!

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Yunusobod tumani 1-son FHDY bo’limi mudirasi Gulandom Muminova Adliya vazirligining “Adliya aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Adliya tizimida dastlabki faoliyatini FHDY bo‘limlarida inspektor lavozimidan boshlagan Gulandom Muminova 30 yildan buyon xalq xizmatida.

Ko’plab yosh oilalarni baxtli kunlari bilan tabriklab, ularning qonuniy nikohini qayd etish, dunyo yuzini ko’rayotgan chaqaloqlarning tug’ilishini belgilash kabi bir qator xayrli ishlar bilan fuqarolarimizga xizmat qilib kelayotgan FHDY xodimasining mehnatlari bayram arafasida munosib e’tirof etildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur  unvon bilan qonunchilikni mustahkamlash, huquq ijodkorligi va mehnat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan xodimlar taqdirlanishadi.