Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

02
"Birovning kartasiga adashib pul o'tkazib yubordim. Qaytarmayapti"

"Sug‘diyona" gazetasining "Huquqiy yordam“ sahifasida berilgan savolga Olmazor tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Shexroz Rashidov huquqiy tushuntirish bergan maqolasi chop etildi.

29
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir avvalida mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan Shayxontohur tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Jaloliddin Sherqobilov va Yakkasaroy tumani 1-son FHDY bo‘limi mudirasi Luiza Maxmudbekova Adliya vazirligining “Faxriy yorlig‘i” bilan, Shayxontohur tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Farxod Akbarov Adliya vazirligining “Esdalik soati” bilan taqdirlanganligi eʼtirof etildi.

Shuningdek, boshqarma tizimida o'z samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qo'shib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar rag'batlantirildi va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

29
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

Tibbiyot xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida, Mirobod tumani 3-son Oilaviy poliklinikada tashkil etilgan tadbirda korrupsiya va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda Mirobod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig‘i D.Abdumalikov va bosh yuriskonsult A.Berdiyevlar ishtirok etib, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlariga korrupsiya tushunchasi, korrupsiya va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari atroflicha tushuntirildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

28
“Keksalar e‘zozda” huquqiy aksiyasi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda sotsial faolligini oshirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida “Keksalar e’zozda” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida Inson ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumanida tuman adliya bo‘limi, DXM va FHDY bo‘limi hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan birgalikda tumanda istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar duch kelayotgan huquqiy masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish talab qilgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

28
Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev rahbarligidagi Ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, hal qilish va tizimli muammolarning yechimi bo‘yicha taklif ishlab chiqish maqsadida “Yangi Avlod” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda 61 nafar tadbirkor ishtirok etib, ular o‘zlari duch kelayotgan muammo va takliflarni o‘rtaga tashlashdi. Toshkent shahar hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar boshqarmasi, Soliq boshqarmasi hamda Biznes ombudsman vakillari tadbirkorlarning  yer masalasi, infratuzilma, shartnoma, bank, soliq masalalari, shuningdek imtiyoz va preferensiyalar qo‘llashga oid savollariga javob berishdi.

Murojaatlarning  22 tasi ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi va aksariyat savollarga shu joyning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berildi.

28
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Toshkent shahar adliya boshqarmasida Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda poytaxtda faoliyat yuritayotgan bir guruh xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga Toshkent shahar adliya boshqarmasining hamda O‘zbekiston Notarial palatasi Toshkent shahar boshqarmasining  faxriy yorliqlari tantanali suratda topshirildi.

Shuningdek, 7 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar O‘zbekiston Notarial palatasining "Notariat sohasiga qo‘shgan hissasi uchun" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

27
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Shayxontohur tuman adliya boʻlimi va “Adolat”  partiyasining tuman kengashi bilan hamkorlikda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida “Davlat xizmatchilarini halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida rahbar va xodimlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, ushbu illatni yo‘q qilish har bir fuqaroning fuqarolik burchi ekanligi ta’kidlandi.

Ushbu tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi shaffoflik, halollik tamoyillari, xodimlar orasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

27
Prezident: har bir yutuq va natija, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi (https://t.me/adliyangiliklari/21240).

Toshkent shahrida 27-avgust kuni ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o'tdi (https://president.uz/uz/lists/view/8428). Mazkur marosimda adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabayevich "Do‘stlik" ordenini shaxsan davlatimiz rahbaridan qabul qilib oldi.

27
Huquqiy aksiya doirasida 24 yoshli yigit hujjatli bo‘ldi

Adliya organlarining aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam ko'rsatish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davom etmoqda.

Aksiya doirasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan fuqarolarning huquqiy muammolari ijobiy hal etilmoqda.

Xususan, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Alchinova Sanobar Tillayevnaning 2001-yilda tug‘ilgan farzandi tug‘ilishi qayd qilinmagani sabab shu vaqtga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lmagan.

Huquqiy aksiya targ‘iboti davomida aniqlangan muammo yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar natijasida, Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo‘limi tomonidan 24 yoshli yigitga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

26
Toshkent shahrida "Hududdagi eng mashhur brend” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda

Tanlov 29-avgust kuniga qadar davom etadi. U oddiy so‘rovnoma shaklida o‘tkaziladi.

So‘rovnoma hududiy adliya organlarining Telegram sahifasida joylashtiriladi.

Tanlov 2023-2024-yillarda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (brendlar) orasida bo‘lib o'tadi.

Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mahalliy brendlar soni cheklanmagan.

G‘olib brend egasi sertifikat va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.