Янгиликлар
06.02.2025
87 yoshli onaxonning hujjatlaridagi xatoliklar bartaraf etildi
Yunusobod tumani “Bo’zsuv” mahallasida istiqomat qiluvchi 1938 yilda tug’ilgan Muhabbat Xodjayeva eski pasportidagi xatolik sabab ID karta olishda muammoga duch kelayotgan edi.
Yunusobod tuman 1-son FHDY xodimlarining yordami bilan onaxonning 1957 yilda qayd etilgan nikoh guvohnomasiga o’zgartirish kiritilib, pasport rasmiylashtirish uchun yangi guvohnoma berildi.
06.02.2025
Ravshan Irmatov “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hujjatlarini yangilash uchun Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi davlat xizmatlari markaziga keldi. Biroq, tashrif faqat shu masala bilan cheklanib qolmadi.
Ravshan Irmatov Adliya vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatlashga qaror qilib, “bukkrossing” burchagini toʻldirish uchun bir necha kitob olib keldi.
Butun dunyoda adolatli hakamlik va professionallik timsoli sifatida tanilgan Ravshan Irmatov kitob oʻqish inson rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi:
“Futbol intizom, adolat va strategiyani oʻrgatadi. Ammo bilim va dunyoqarash ham shunchalik muhim. Kitob — donolik manbai, shuning uchun men “Ziyo ulash” kabi kitobxonlikni hamma uchun qulay qiladigan tashabbusni qoʻllab-quvvatlashdan xursandman!”
Loyiha doirasida har bir istaganlar kitob olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar bir oʻquvchidan boshqasiga “sayohat” qilib, bilimlar aylanmasini hosil qiladi.
05.02.2025
Prezident qarori ijrosi amalda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar adliya boshqarmasi va boshqa mas'ul tashkilotlar vakillari Shayxontohur tumanidagi "Katta hovuz", "Qoratosh", Olmazor tumanidagi "Eski shahar", Yunusobod tumanidagi "Akbarobod", "Turkiston", Chilonzor tumanida "Yakkabog‘", "Katta Chilonzor - 3" mahallalarida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mutasaddilar mahallalardagi ijtimoiy ob‘yektlarni ham ko‘zdan kechirishdi va xavfsizlik tizimi, kuzatuv kameralarining ishlashi bilan tanishishdi.
Tadbir davomida ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yo‘lga qo‘yish ishlarini izchillik bilan bajarish xususida suhbatlashildi.
04.02.2025
Yosh juftliklar oilaviy hayotga o’qitilmoqda
Sergeli tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida 2025-yil yanvar oyida nikohlarini rasmiylashtirish uchun FHDY bo’limiga ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar o‘qitildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida yosh nikohlanuvchi shaxslarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, kitob o‘qish afzalliklari, o‘zaro hamda oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 24 nafar juftliklarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
03.02.2025
“Savdogar – ishi doim hiylagar” qabilida ish ko‘radigan ayrim onlayn savdo egalaridan ehtiyot bo ‘ling
Axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali xarid amalga oshirilganda, tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lmagan hollarda, iste’molchi uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Tovarni qaytarib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar sotuvchining (ijrochining) zimmasida bo‘ladi.
03.02.2025
Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Kitob ulash” ijtimoiy loyihasi tashkil etildi!
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad Davlat xizmatlari markazlarida kutubxona burchagi tashkil etish, bu orqali fuqarolar va adliya organlari xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, buni rag‘batlantirib borish.
Loyiha doirasida davlat xizmatlari markazlarida kitob javonlari va kitob mutolaa qilish uchun maxsus joylar tashkil etiladi.
Shuningdek, “Ziyo-ulash” loyihasi doirasida ortgan kitoblar ehtiyojmand oilalarga, maktablar, bog‘chalarga sayyor tarzda yetkazib beriladi, shuningdek FHDY bo‘limlarida nikohini qayd etgan yosh oilalarga taqdim etiladi.
03.02.2025
Oila - saodat maskani
Yakkasaroy tumanida yangi hayotga qadam qo'yish maqsadida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan yosh oila quruvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Yosh kelin-kuyovlar uchun “Oila muqaddas” mavzusida o'tkazilgan mazkur tadbirda yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni asrash va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish bilan birgalikda reproduktiv salomatlikni ta’minlash, ona va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan muhim mavzularda tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida yosh oila quruvchilarga sertifikatlar topshirildi.
31.01.2025
„Mening mahallamda jinoyat bo’lmaydi” dasturi amalda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limlari tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida tumanlardagi barcha mahallalarda manzilli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbir ishtirokchilariga Prezidentning yuqoridagi qarori mazmun-mohiyati va undagi masalalar atroflicha tushuntirilmoqda.
Xususan, mahallada “na’munaviy xavfsiz ko‘cha” va “xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilish, muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga e’tibor qaratish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligining asosiy o‘rni haqida tushunchalar berib borilmoqda.
31.01.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan poytaxtning Yangihayot, Yakkasaroy, Shayxontohur, Sergeli, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida “Adliya kuni” doirasida mahallalarda sayyor qabullar hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbirlar davomida fuqarolarning kadastr, pensiya, kommunal xizmatlar, imtiyozli kredit, ijtimoiy himoya, meros, subsidiya olish, tadbirkorlik kabi masalalarda murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Mahalla ettiligi” a'zolariga tushuntirishlar berilib, ularni izchillik bilan bajarish chora-tadbirlari xususida suhbatlashildi.
31.01.2025
Prezident qarori mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o'tkazildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari professor o'qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Новости 111 - 120 из 996
Начало | Пред. | 10 11 12 13 14 | След. | Конец