Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Prezident qarori ijrosi ta‘minlanmoqda 31.01.2025 Prezident qarori ijrosi ta‘minlanmoqda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda poytaxtning Olmazor tumanidagi qizil toifaga tushgan „Sebzor“, „Shifokorlar“ va „Taraqqiyot“ mahallalari aholisi va “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Mahalla ettiligi” a’zolariga mazkur qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirish berilib, ularni izchillik bilan amalga oshirish chora-tadbirlari xususida suhbatlashildi.

Xususan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligining asosiy o‘rni haqida tushunchalar berildi.

“Mening mahallamda jinoyat bo’lmaydi” dasturi doirasida hududlarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda 30.01.2025 “Mening mahallamda jinoyat bo’lmaydi” dasturi doirasida hududlarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Adliya vazirligi, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va boshqa mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda Mirobod tumanidagi „Mingo‘rik“, „Sharof Rashidov“, „Afrosiyob“, „Temiryo‘lchilar“ mahallalarida “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga Prezidentning yuqoridagi qarori mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan vazifalar atroflicha tushuntirilib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda ijtimoiy profilaktikani tashkil qilish lozimligi qayd etildi.

Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish 29.01.2025 Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 29-yanvar kuni qizil toifaga tushgan poytaxtning Bektemir tumanidagi Nurafshon va Nurliyo‘l mahallalari aholisi va “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Mahalla ettiligi” a’zolariga mazkur qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirish berilib, ularni izchillik bilan amalga oshirish chora-tadbirlari xususida suhbatlashildi.

Xususan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligining asosiy o‘rni haqida tushunchalar berildi.

92 yoshli otaxonga sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi 29.01.2025 92 yoshli otaxonga sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi
Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 92 yoshli Karim ota 2-guruh nogironi va yurish imkoniyati cheklangan.

Otaxon kadastr hujjatlari borasida Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib yordam so‘ragan.

Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan ushbu murojaat yuzasidan Karim otaning yashash xonadoniga borilib, uyining kadastr hujjatlarini yangilash bo‘yicha sayyor tartibda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Hasanboyda oqova suv tarmoqlari nega tortilmadi? 28.01.2025 Hasanboyda oqova suv tarmoqlari nega tortilmadi?
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 13-dekabr kuni poytaxtning Uchtepa tumaniga tashrifi davomida oʻtkazilgan yigʻilish 78-sonli bayoni 47-bandida Yunusobod tumani Hasanboy hududidagi 6 ta mahallalarda 11 km oqova suv tarmoqlarini tortish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, qurilish-montaj ishlarini yakunlash belgilangan edi.

Mazkur topshiriq ijrosi Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan monitoring qilinganda, ushbu ishlar amalda bajarilmaganligi ma‘lum bo‘ldi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli taqdimnoma ijrochi tashkilotga kiritilib,  qonunbuzilish holatiga yo‘l qo'ygan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Hozirda toshiriq ijro muddati uzaytirilgan va qat'iy nazoratga olingan.

Adliya xodimlari mahallalarda 28.01.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi 1-sonli qarori asosida joylarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan poytaxt tumanlaridagi 200ga yaqin MFYlarda  „mahalla  yettiligi“ a'zolari ishtirokida seminarlar o’tkazilmoqda.

Shuningdek, „Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan ham targ’ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish 24.01.2025 Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi       “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 23-24-yanvar kunlari poytaxtning Yashnobod va Yunusobod tumanlarida seminar tadbirlari tashkillashtirildi.

Shuningdek, qarorning mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Yashnobod va Yunusobod tumanlaridagi mahallalarda joyiga chiqqan holda tushuntirishlar berildi.

Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish 23.01.2025 Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish
Batafsil infografikada????

95 yoshli ayolning iltimosiga ko’ra tug’ilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirildi 22.01.2025 95 yoshli ayolning iltimosiga ko’ra tug’ilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirildi
Mirzo Ulug’bek tumani FHDY xodimlari tomonidan  uyma-uy yurib, aholi muammolarini o'rganish vaqtida "Darxon" MFYda istiqomat qiluvchi  bemor ayolning  tug'ilganlik guvohnomasi bilan bog’liq muammosi borligi ma’lum bo’ldi.

Ayol bemorligi sabab FHDY bo'limiga kelaolmasligini aytib, amaliy yordam so'ragan. Shundan so’ng barcha hujjatlar tekshirilib, yangidan tug’ilganlik  guvohnomasi rasmiylashtirilib, bemor ayolning uyiga yetkazib berildi.

Yosh shifokorlar uchun to’lanadigan ustama haqlari undirib berildi 21.01.2025 Yosh shifokorlar uchun to’lanadigan ustama haqlari undirib berildi
Respublika tez-tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialida faoliyat yuritayotgan 2 nafar yosh shifokorning murojaatiga ko’ra, davlat tomonidan salohiyatli yosh shifokorlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan maxsus ustama pullari to‘lanmaganligi yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi sudga davo arizasi kiritdi.

????Batafsil (https://telegra.ph/Tibbiyotdagi-islohotlar--inson-qadri-uchun-01-20)


Новости 121 - 130 из 996
Начало | Пред. | 11 12 13 14 15 | След. | Конец