Янгиликлар
14.01.2025
Darsliklarning kontrafakt nusxalari chop etilishi to’xtatildi
“Zukko kitobxon” MChJning Toshkent shahar adliya boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan, “G.P.P” MChJ faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruvda “G.P.P” MChJ tomonidan “Husnixat”, “Alifbo”, “Matematikadan masalalar va testlar to‘plami 4-5-sinflar” va “Matematikadan masalalar va testlar to‘plami 6-sinf” asarlarining kontrafakt nusxalari chop etilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan “G.P.P” MChJ rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177prim1-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1.875.000 so‘m) miqdorda jarima jazosi tayinlandi.
14.01.2025
Vatan himoyachilari kuni
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi yurtimizning barcha mard o’g’lonlarini samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo’lida kecha-yu kunduz vatanimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek himoya qilayotgan yurt o’g’lonlari baxtimizga hamisha sog’-omon bo’lishsin!
11.01.2025
Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga!
Adliya vazirligi ogohlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni (https://lex.uz/docs/11360) hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (https://lex.uz/docs/2356876) talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari shart.
Hisobot shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Hisobotlarni taqdim qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) (https://e-ngo.uz/) orqali amalga oshiriladi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 239-moddasiga (https://www.lex.uz/docs/97664) muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.
11.01.2025
FHDY_xizmatlari
O’tgan 2024-yil davomida Toshkent shahridagi FHDY organlari tomonidan 75 820 ta tug‘ilish holati qayd etildi.
Shundan, 39 070 nafari o‘g‘il bolalar va 36 750 nafari qiz bolalardir.
08.01.2025
Qonunchilikdagi yangiliklar
Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralgacha o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etishi belgilangan. (https://lex.uz/docs/2356876#2357069)
???? Tashkilotlar belgilangan hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishi mumkin:
???? Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — havola. (https://lex.uz/uz/docs/3796969)
???? Diniy tashkilotlar uchun — havola. (https://lex.uz/docs/4089832)
Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan.
❗️Eslatma: MJtKning 239-moddasiga (https://lex.uz/docs/97664#:~:text=239-%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B4%D0%B0.%20%D0%9D%D0%BE%D0%B4%D0%B0%D0%B2%D0%BB%D0%B0%D1%82%20%D0%BD%D0%BE%D1%82%D0%B8%D0%B6%D0%BE%D1%80%D0%B0%D1%82%20%D1%82%D0%B0%D1%88%D0%BA%D0%B8%D0%BB%D0%BE%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8%D0%BD%D0%B8%D0%BD%D0%B3%20%D1%84%D0%B0%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D1%8F%D1%82%D0%BD%D0%B8%20%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D0%BB%D0%B3%D0%B0%20%D0%BE%D1%88%D0%B8%D1%80%D0%B8%D1%88%20%D1%82%D0%B0%D1%80%D1%82%D0%B8%D0%B1%D0%B8%D0%BD%D0%B8%20%D0%B1%D1%83%D0%B7%D0%B8%D1%88%D0%B8) asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
07.01.2025
70 yoshli ayolga sayyor davlat xizmati ko’rsatildi
Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqaro Chilonzor tumani, 16-mavzeda istiqomat qiluvchi opasi Svetlana Guz uyini ijaraga berishi uchun unga elektron raqamli imzo kerakligini bildirgan.
Ammo 70 yoshli ayolning yurish imkoniyati cheklangani va 1-guruh nogironi bo’lgani sabab markazga kela olmasligini aytgan.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari fuqaroning murojaati yuzasidan Svetlana Nikitichnaning yashash xonadoniga borib, elektron raqamli imzo kaliti ochishda sayyor tartibda amaliy yordam berishdi.
06.01.2025
O’tgan yilda poytaxtda qancha yangi tadbirkorlar ish boshladi?
Statistik ma’lumotlarga ko’ra 2024 yilda Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 39 317 nafar jismoniy va yuridik shaxs (subyekt)lari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
Bular:
21 748 та Yakka tartibdagi tadbirkor;
419 та Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona;
724 та Oilaviy tadbirkorlik subyekti;
504 та Xususiy korxona;
15 539 та Mas’uliyati cheklangan jamiyat va boshqa turdagilari 383 tani tashkil etadi.
Shuningdek, 2024-yil davomida 38 645 nafar jismoniy va yuridik shaxs (subyekt)lari qayta ro’yxatdan o’tkazilgan.
04.01.2025
Yosh juftliklar oilaviy hayot oldidan o’qitilmoqda
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tuman FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Unda yosh oila quruvchilarga oilani mustahkamlash masalasida huquqiy, tibbiy, diniy, ma’naviy va psixologik darslar o‘tildi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish, sog‘lom ma‘naviy-ahloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida ham suhbatlar olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 25 nafar juftlikka sertifikatlar topshirildi.
26.12.2024
Bolajonlarga bayram sovg’alari ulashilmoqda
Yunusobod tumanida joylashgan 87-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilarini bayram bilan tabriklash maqsadida bugun tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari bolajonlar oldiga borishdi.
Yangi yil sovg’alari ulashilar ekan bolajonlar qalbi quvonchga to’lib, markaz xodimlarining shirin so’zlaridan ulkan mehrni his etishdi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi bolajonlarga Yangi yil sovg’alarini ulashib, ularni xursand qilish maqsadida bugun turli manzillarga otlanishgan.
26.12.2024
Adliya xodimlari aholi murojaatlarini o'rganishmoqda
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi doirasida poytaxtning M.Ulug’bek va Yakkasaroy tumanlari adliya xodimlari joylarga chiqib, aholi murojaatlarini o'rganishmoqda.
Aholi xonadonlari, xizmat ko'rsatish nuqtalari va aholi gavjum joylarda fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar haqida murojaatlarni qabul qilishmoqda hamda shu joyning o'zida huquqiy maslahatlar ham berib borishmoqda.
Новости 141 - 150 из 996
Начало | Пред. | 13 14 15 16 17 | След. | Конец