Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04.08.2022 Toshkent shahar tuman adliya bo'limlaridagi bo'sh ish o'rinlariga tanlov jarayoni
Toshkent shahar tuman adliya bo'limlaridagi bo'sh ish o'rinlariga tanlov jarayoni

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Media-tur tashkil etildi. 20.07.2022 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Media-tur tashkil etildi.
Xabaringiz bor, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, tuman davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari o‘z ishini tuman adliya bo‘limlari tarkibida davom ettirishi munosabati bilan ularni yagona ma’muriy binoga joylashtirildi.

Maqsad fuqarolarga qulaylik yaratish, sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirishdir. 
Bugun jurnalistlar, jamoatchilik vakillari uchun tashkil etilgan media-turda ushbu yangiliklarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. OAV vakillari ushbu o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishishdi. 
Ish jarayonini o‘zlari ko‘rib, fuqarolar va tashkilotlar bilan ishlash aslida qanday ketayotganiga guvoh bo‘lishdi.

Toshkent shahridagi masjidlar soni yana bittaga ko'paydi 15.07.2022 Toshkent shahridagi masjidlar soni yana bittaga ko'paydi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 27-avgustdagi SQ-379-IV-son qarori bilan Toshkent viloyatining bir qator aholi punktlari Toshkent shahriga o‘tkazilganligi munosabati bilan muqaddam Toshkent viloyat adliya boshqarmasidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Niyozmat ota” jome masjidining yuridik manzili o‘zgartirilgan.

Shu munosabat bilan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq “Niyozmat ota” jome masjidi 2022-yil 14-iyul kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. 

Ma'lumot uchun bugungi kunda poytaxtimizda ularning soni 130 tani tashkil etmoqda.

Adliya organlariga ishga qabul qilishning suhbat jarayoni boshlandi 07.07.2022 Adliya organlariga ishga qabul qilishning suhbat jarayoni boshlandi
Adliya organlariga ishga qabul qilish jarayonini onlayn kuzatish.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi da’vosi bilan tadbirkordan asossiz olib qo‘yilgan pul mablag‘lari qaytarildi 06.07.2022 Toshkent shahar adliya boshqarmasi da’vosi bilan tadbirkordan asossiz olib qo‘yilgan pul mablag‘lari qaytarildi
#bir_murojaat_izidan

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan MChJ rahbari Sh.Uning “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan noqonuniy qayta hisob kitob qilingan holda jamiyat hisobidan 96 628 634 so‘m asossiz olib qo‘yilganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Yuridik xizmat xodimlari attestatsiyadan o'tkazildi 06.07.2022 Yuridik xizmat xodimlari attestatsiyadan o'tkazildi
Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 244-son qarori asosida tasdiqlangan "Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablari asosida attestatsiya komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Attestatsiya komissiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining 7 nafar yuridik xizmat xodimlari attestatsiyadan o'tkazildi.

Attestatsiya komissiyasining qaroriga ko'ra, barcha talabgorlar attestatsiyadan o'tgan deb e'tirof etildi.

70 nafar ishdan bo‘shatilgan xodimlarga “ishsizlik nafaqasi” udirildi 05.07.2022 70 nafar ishdan bo‘shatilgan xodimlarga “ishsizlik nafaqasi” udirildi

Toshkent shahridagi masjidlar soni yana ikkitaga ko'paydi 05.07.2022 Toshkent shahridagi masjidlar soni yana ikkitaga ko'paydi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 27-avgustdagi SQ-379-IV-son qarori bilan Toshkent viloyatining bir qator aholi punktlari Toshkent shahriga o‘tkazilganligi munosabati bilan muqaddam Toshkent viloyat adliya boshqarmasidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Berdiyor ota” hamda “Dorul Islom” jome masjidlarining yuridik manzili o‘zgartirilgan.

Shu munosabat bilan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq “Berdiyor ota” va “Dorul Islom” jome masjidlari  2022-yil 4-iyul kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ma'lumot uchun bugungi kunda poytaxtimizda ularning soni 127 ta tashkil etmoqda.

Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi 30.06.2022 Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat bilan kelayotgan fuqaro va tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida ko‘plab tashabbuslarga qo‘l urilmoqda. 
Birgina misol, Poytaxtimizda joylashgan Davlat xizmatlari markazlarga tashrif buyuruvchilar uchun salomatlik burchaklari, investorlar xonasi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari tashkil etilgan.

Endilikda ushbu afzalliklar qatoriga bepul Wi-Fi zonalari ham qo‘shildi.  Ya’ni, Toshkent shaharidagi 7 ta tuman, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy hamda Yangihayot Davlat xizmatlari markazlariga murojaat bilan kelgan har bir fuqaro  bepul Wi-Fi tarmog‘idan ham foydalanishlari mumkin.

Hurmatli jurnalistlar! 27.06.2022 Hurmatli jurnalistlar!
Sizni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

E'tirof etish joiz, Sizlarning fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Bundan keyingi faoliyatingiz ham ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishiga tilakdoshmiz. Sizga sihat-salomatlik, xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi


Новости 511 - 520 из 1149
Начало | Пред. | 50 51 52 53 54 | След. | Конец