Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Davlat xizmatchilarini halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi 23.08.2025 Davlat xizmatchilarini halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi
Bektemir tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Bektemir tumani adliya bo‘limi boshlig‘i D.Togayev, tuman prokurori katta yordamchisi S.Ochilov va O‘zbekiston "Adolat" SDPning Bektemir tuman kengashi raisi D.Muxsimovalar ishtirok etdi.

Tadbir mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi shaffoflik, halollik tamoyillari, xodimlar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida seminar o‘tkazildi 22.08.2025 Nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida seminar o‘tkazildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Toshkent shahar bo‘linmasi va Toshkent shahar hokimligi  Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar majmuasi bilan hamkorlikda poytaxtda faoliyat yuritayotgan NNT vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbir NNTlarning huquq va manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish borasidagi yangiliklar mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad NNTlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish borasidagi yangiliklar bilan NNTlar vakillarini tanishtirish, NNTlarning davlat hamda jamiyat hayotida faolligini yanada oshirishdan iborat.

 “Huquqiy ko‘mak” loyihasi amalda 22.08.2025 “Huquqiy ko‘mak” loyihasi amalda
“Huquqiy ko‘mak” fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani “Mustaqillik”, “Podshobog‘”, “Sarbon”, “Bahor”, “Bog‘imaydon”, Yunusobod tumani “Ahilobod”, Sergeli tumani “Sultonobod”, Olmazor  tumani “Eski shahar”, “Chustiy”, Мirobod tumani “Oybek” MFYlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarga “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonuni yuzasidan huququy ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, mazkur mahallalar yettiligi a'zolariga "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-son Prezident qarori yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida manzilli targʻibot tadbirlari o‘tkazildi.

Yosh oila quruvchilar uchun seminar tashkil etildi 21.08.2025 Yosh oila quruvchilar uchun seminar tashkil etildi
Yakkasaroy tumani 1-son FHDY bo’limi hamda tuman “Oilaviy hayotga tayyorlash o’quv markazi” tomonidan yosh kelin-kuyovlar uchun navbatdagi o’quv-seminar o'tkazildi.

Malakali mutaxassislar bo’lg’usi oila vakillariga er-xotin o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish, oilalarning mustahkamligini ta’minlash, farzand tarbiyasida mas’uliyatli bo’lish hamda oiladagi muammolarni oqilona hal etish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berishdi.

Shuningdek, mashg’ulot so’ngida ishtirokchilarga maxsus sertifikat va mustahkam oila qurishda asqotuvchi qo’llanmalar taqdim qilindi.

„Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi 20.08.2025 „Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi doirasida Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” hamda Yakkasaroy tumanidagi "Qushbegi" MFYlarida adliya bo'limi xodimlari tomonidan  aholining huquqiy muammolari o'rganildi.

Aholiga „O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1074-son, 10.07.2025 y.)    Qonuni yuzasidan huququy ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, mazkur mahallalar yettiligi a'zolariga “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida manzilli targʻibot tadbirlari o'tkazildi.

  “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi 19.08.2025 “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Bektemir tumani Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi "Iyk ota"  MFYda uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi.

Adliya bo'limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son farmoni yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borilib, aholining muammolari batafsil o'rganildi.

O'rganish davomida fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, tadbirkorlik, meros masalalari, nikohni qayd etish, tug'ilganlik haqida guvohnoma, pasport masalalari shuningdek, uy-joy va kadastr hujjatlari bilan bog'liq holatlar hamda subsidiya kabi turli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olib borildi.

Adliya xodimlari mahallalarda 15.08.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
Bektemir tumani “Iyk ota”, Olmazor tumani "Moyariq", "Elparvar", Sergeli tumani “Ittifoq”, Chilonzor tumani “Ko‘rkam”, Shayxontohur tumani “Tinchlik”, “Katta Oqtepa”, Yunusobod tumani “Beg‘ubor”, Yangihayot tumani “Yangi turmush” mahallalarida o'tgan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi va ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, mahallalardagi muammoli oilalar, ularning farzandlari bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha oilalarda yuzaga kelayotgan ziddiyatlar bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Korrupsiya jamiyatni tanazzulga olib keladi 15.08.2025 Korrupsiya jamiyatni tanazzulga olib keladi
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyani oldini olish choralarini ko'rish, tibbiyot xodimlarining korrupsiya bo'yicha huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Yashnobod tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida Yashnobod tuman adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko'rsatish markazi  xodimlari tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida tibbiyot xodimlariga korrupsiya tushunchasi va qanday holatlar korrupsiyaga olib kelishi mumkinligi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari tushintirildi va ishtirokchilarning savollariga adliya xodimlari to’liq javob berishdi.

Bugungi kun yoshlari - ertangi kun vatan himoyachilaridir 15.08.2025 Bugungi kun yoshlari - ertangi kun vatan himoyachilaridir
Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Mirobod tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida joylashgan 71201-sonli harbiy qism Jasorat maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta'siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, o‘g‘rilik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, suhbat davomida yoshlarga  yaxshilik va yomonlik, to‘g‘ri va noto‘g‘ri, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalarni o‘z ichiga olgan axloqiy me’yor va qadriyatlar hamda ular odamlarga jamiyatda o‘zini qanday tutish kerakligini anglatishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Davlat tashkiloti xodimlarining ekologik bilimlari boyitildi 14.08.2025 Davlat tashkiloti xodimlarining ekologik bilimlari boyitildi
O'zbekiston Ekologik partiyasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Ekologiya boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Toshkent shahar hokimligida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida poytaxtimizdagi davlat hizmatchilari uchun o'quv kursi tashkil etildi.

Seminarda Shayxontohur tumani adliya bo‘limi mas'ul xodimi Maxbuba Sharifbayeva bugungi kunda aholini qiynab kelayotgan ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, aholining ekologik madaniyatini shakllantirish borasidagi choralar xususida tushuntirish ishlari olib bordi.

Shuningdek, tadbir davomida "2030-yilgacha bo'lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-184-sonli Prezident qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Новости 71 - 80 из 1149
Начало | Пред. | 6 7 8 9 10 | След. | Конец