Янгиликлар
08.05.2025
Kitobxon yoshlar - yurt kelajagi
“Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Oltinko‘l", "Qorasuv" va "Sariko‘l" mahallalari yoshlari o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar asar tahlili va erkin shartlar kabi bosqichlardan oʻtib, oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etdilar. Bunday tanlovlar yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshib, ularda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan yoshlar tuman adliya bo’limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
07.05.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi doirasida mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari hal etilmoqda.
Xususan, Mirzo Ulug’bek tumani adliya bo‘limi tomonidan huquqiy aksiya doirasida tumanning “Zakovat” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, fuqarolarning kadastr, aliment undirish tartibi, nogironlikni belgilash kabi masalalarda murojaatlari tinglanib, huquqiy tushintirishlar berildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi davom etmoqda.
07.05.2025
Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi — Shavkat Mirziyoyev
“Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov” mavzusida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Bektemir tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, uning ijtimoiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbirda “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida adliya tizimida start olgan aksiyaning ahamiyati tushuntirilib, barchani aksiyada faol ishtirok etish orqali huquqiy savodxonlikni oshirish imkoniyatidan unumli foydalanishga chorladi.
07.05.2025
“Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling!
Barchani kitob o‘qishga chorlayotgan „Ziyo ulash“ aksiyasi o‘z atrofiga ko‘plab kitobsevarlarni chorlamoqda.
Alfraganus universiteti talabalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblar topshirib, tashabbusni qoʻllab-quvvatladilar.
“Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling, sevimli asarlaringizni ulashing va jamiyatda bilim aylanmasini yaratishga hissa qoʻshing!
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
06.05.2025
Davlat hisobidan yuridik yordam masalalari yuzasidan seminar o‘tkazildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasida sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar, advokatlar va tuman adliya bo‘limlari mas’ul xodimlari ishtirokida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi, advokatlarni tizim orqali jalb etish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash mexanizmlari hamda amaliy jihatlar batafsil tushuntirildi.
Seminar yakunida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berildi.
Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi (https://lex.uz/uz/docs/-7228726)
06.05.2025
Kitob – eng odil do'st, beminnat muallim
“Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 131-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlov mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.
Qizg’in kechgan tanlov natijalariga ko‘ra, g'olib bo'lgan yoshlar tuman adliya bo’limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
05.05.2025
68 yoshli fuqaroga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma tiklab berildi
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi doirasida adliya xodimlari tomonidan mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari hal etilmoqda.
Xususan, Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan huquqiy aksiya doirasida tumanning “Eski Chilonzor” mahallasida istiqomat qiluvchi 1957-yilda tug‘ilgan fuqaro Axrarov Alisherning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi arxiv ma’lumotlarda topilmaganligi va shu sababli ancha yillardan buyon yo‘qolgan tug’ilganlik haqidagi takroriy guvohnoma olinmaganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida, Chilonzor tumani 2-son FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash yo‘li bilan fuqaroning tug’ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, sayyor tartibda topshirildi.
❗️ “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi davom etmoqda.
05.05.2025
Adliya ko'magida fuqaroga nafaqa pullari va o'z vaqtida to‘lanmagan nafaqa pullari uchun 23 mlndan ortiq kompensatsiya to'lab beriladigan bo'ldi
Yunusobod tumani adliya bo‘limiga fuqaro M.A. murojaat qilib, tibbiyot muassasasida shifokor bo‘lib ishlashi, homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqanligiga qaramasdan, tashkilot tomonidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berilmaganligini bildirib, ushbu muammoni hal qilishda amaliy yordam berishni soʻragan.
Batafsil (https://telegra.ph/Adliya-ko%CA%BBmagida-fuqaroga-nafaqa-pullari-va-23-mlndan-ortiq-kompensatsiya-to%CA%BBlab-beriladigan-bo%CA%BBldi-05-05)
02.05.2025
Olmazor tumanida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” huquqiy aksiyasiga start berildi
Olmazor tumani adliya bo‘limi, xususan davlat xizmatlari markazi, FHDY hamda “Madad” NNT xodimlari tomonidan tumanning “Quyosh”, “Taraqqiyot”, “Islom Ota” mahallalarida huquqiy aksiya doirasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan sayyor qabullar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida, aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi hamda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, tazyiq, migratsiya, moddiy yordam, aliment to‘lash, ishga joylashish va boshqalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga kadastr masalalari, pensiya, bolani maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish masalalari bo‘yicha sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
02.05.2025
“Zukko kitobxon” tanlovi davom etmoqda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Prezident qarori ijrosi yuzasidan Shayxontohur tumani adliya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida tumandagi qizil toifaga kiritilgan “Gulbozor”, “Qoratosh”, “Taxtapul”, “Xadra” mahallalarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlov mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.
Tanlov yakunida g'olib bo'lgan yoshlarga diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Новости 151 - 160 из 1193
Начало | Пред. | 14 15 16 17 18 | След. | Конец