Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda 27.03.2025 Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda
Uchtepa tuman adliya bo‘limi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish, ekotizimni himoya qilish va tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Loyiha doirasida tumandagi 203-son umumtaʼlim maktabi bilan hamkorlikda maktab hududida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari o‘tqazish ishlari amalga oshirildi.

Nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda 26.03.2025 Nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda
Uchtepa tumani FHDY bo‘limi tomonidan oilaviy psixolog ishtirokida “Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda 10 nafar nikohlanuvchi yoshlar ishtirok etishib, ularga huquqiy, tubbiy psixologik bilim bilan bir qatorda oilada erkak va ayolning mas’uliyati, vazifalari, oilaviy nizolarni oldini olish, sog‘lom oila qurish va sog‘lom farzandlarni tarbiyalash, oila a’zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati, qolaversa ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushunchalar berildi. Nikohlanuvchi yoshlarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Seminar yakunida oila qurish bo‘sag‘asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

 Mualliflik huquqi tiklandi 25.03.2025 Mualliflik huquqi tiklandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasiga shoir Qahramon Sattixo‘jayevning mualliflik huquqi buzilganligi holati yuzasidan murojaati kelib tushgan.

O‘rganish davomida, Q.Sattixo‘jayev qalamiga mansub “Singlim” nomli she’r aynan shu nom bilan muallif roziligisiz o‘zgartirish kiritilib, qo‘shiq tarzida bastakor J.J. tomonidan bastalangani va xonanda F.S. tomonidan ijro etilib, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qaroriga ko‘ra, jarima jazosi tayinlandi.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 62-moddasiga muvofiq, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik va turdosh huquqlarni buzish deb topiladi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 Adliya ko'magida tadbirkor foydasiga 2,1 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ undirilishi ta’minlandi 25.03.2025 Adliya ko'magida tadbirkor foydasiga 2,1 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ undirilishi ta’minlandi
Bektemir tumani adliya bo‘limiga “MS” MCHJ tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan qarzdorlik to‘lanmasdan kelinayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu qarzdorliklarni undirib berish yuzasidan murojaati kelib tushgan.

????Batafsil (https://telegra.ph/Tadbirkorning-huquqlari-himoya-qilindi-03-25)

Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi 25.03.2025 Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning "Vatan" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Yuldasheva Mayram sog‘ligi holatiga ko‘ra, Markazga kela olmaganligi uchun uning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, Elektron raqamli imzo kalitini olishda sayyor tartibda davlat xizmati ko‘rsatildi

DIQQAT E’LON 24.03.2025 DIQQAT E’LON
Hurmatli hamyurtlar, yuqorida keltirilgan grafikka asosan hafta davomida ko‘rsatilgan mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari amalga oshiriladi.

Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib o‘rganiladi hamda aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari, FHDY organi xodimlari hamda notariuslar tomonidan xizmatlar ko‘rsatiladi.

Hurmatli yurtdoshlar, adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!

"Inson qadri uchun" nomli xayriya aksiyasi o'tkazildi 20.03.2025 "Inson qadri uchun" nomli xayriya aksiyasi o'tkazildi
O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan "Mahalla" xayriya jamoat fondi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan poytaxtning Shayxontohur tumani "Ko‘kcha" mahallasida "Inson qadri uchun" nomli xayriya aksiyasi o'tkazildi.

Aksiya doirasida aholi bilan ochiq muloqot o'tkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar keng jamoatchilik vakillariga yetkazildi va fuqarolarga huquqiy masalalarda tushuntirishlar berildi.

Tadbir doirasida nogironligi bo'lgan shaxslar, yakka-yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, ko‘p bolali va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olindi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan xalqimizga xos ezgulik fazilatlaridan kelib chiqib, 30 ta oilaga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovg‘alar ulashildi.

Xush kelding yurtimga Navro’zi olam! 20.03.2025 Xush kelding yurtimga Navro’zi olam!
Bugun Toshkent shahridagi barcha davlat xizmatlari markazlarida Navro’z  bayrami munosabati bilan xalqimiz har doimgidanda o’zgacha, bahoriy kayfiyatda qarshi olindi.

Bir tarafda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tarannum etuvchi liboslarda xizmat ko’rsatayotgan  markaz xodimalari va yana bir tarafda bolajonlar ishtirokida bahoriy rasmlar tanloviga guvoh bo’lgan yurtdoshlarimiz bayram kayfiyatini his etishdi.

Shuningdek, markaz uzra yangragan milliy kuy-qo’shiqlarimiz ham xalqimizga bayramona kayfiyat ulashdi.

“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida ommaviy sayyor qabul 20.03.2025 “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida ommaviy sayyor qabul
Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida tumandagi “Oqtepa” mahallasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Aksiya doirasida aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar bo‘yicha xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi hamda murojaatlar tuman adliya bo'limi ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida qonunchilikda xotin-qizlarga yaratilgan sharoit va qulayliklar, imtiyozlar, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy muammolarni bartaraf qilish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi

“Kontrafakt mahsulotlar katalogi” ishlab chiqildi 20.03.2025 “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” ishlab chiqildi
Mamlakatimizda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini yanada oshirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan toqatsiz munosabatni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yangi “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” ishlab chiqildi.

Katalogda adliya organlari tomonidan aniqlangan oziq-ovqat, kosmetika, alkogol mahsulotlari, dori vositalari hamda avtomobil ehtiyot qismlari va boshqa turdagi mahsulotlarning kontrafakt nusxalari to‘g‘risida ma’lumotlar aks etgan.

Katalog iste’mol uchun eng zarur bo‘lgan mahsulotlarning (oziq-ovqat, shaxsiy gigiyena vositalari, alkogol, farmatsevtika vositalari va boshqalar) kontrafakt nusxalarini aholi tomonidan xarid qilinishining oldini olishga xizmat qiladi.

“Kontrafakt mahsulotlar katalogi”ning elektron nusxasini shu tugmani bosish (https://kontrafakt.adliya.uz/counterfeit/view) orqali ko‘rish va yuklab olish mumkin.


Новости 11 - 20 из 996
Начало | Пред. | 1 2 3 4 5 | След. | Конец