Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi 12.08.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi
Boshqarmaning 1-toifali ish yurituvchi kotibi Bozorov Asadbek Nurali o'g'li 2025-yilning iyul oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Asadbek Bozorov boshqarmada mehnat faoliyatini 2018-yilda 1-toifali ish yurituvchi kotib sifatida boshlagan va 2021-2023-yillarda boshqarmaning Rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo'limining 1-toifali ish yurituvchi kotibi, 2023-yildan texnik xodimlarning 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi  A.Bozorovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi 12.08.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi
Boshqarmaning Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi Amirqulov Sardor Tolibjon o‘g‘li 2025-yilning iyul oyi uchun oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

Sardor Amirqulov boshqarmada mehnat faoliyatini 2021-yilda Yunusobod tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti sifatida boshlagan.

2022–yil mart-iyun oylarida Sergeli tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi, 2022-2023-yillarda boshqarmaning Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limining bosh maslahatchisi, 2023-yildan Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Adliya boshqarmasi jamoasi S.Amirqulovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha seminar o’tkazildi 11.08.2025 Ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha seminar o’tkazildi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashda ijro intizomi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–117-son Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi rejalar haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida mavjud muammolar muhokama qilindi hamda birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimini doimiy takomillashtirib borish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Adliya xodimlari mahallalarda 11.08.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
Mirobod tumani “Movarounnahr”, Sergeli tumani “Daryo boʻyi”, Shayxontohur tumani “Charxnovza”, Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallalarida o'tgan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi va ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, mahallalardagi muammoli oilalar, ularning farzandlari bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha oilalarda yuzaga kelayotgan ziddiyatlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Huquqiy aksiya doirasida 5 yoshli qizaloq hujjatli bo‘ldi 11.08.2025 Huquqiy aksiya doirasida 5 yoshli qizaloq hujjatli bo‘ldi
Adliya organlarining aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davom etmoqda.

Aksiya doirasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan fuqarolarning huquqiy muammolari ijobiy hal  etilmoqda.

Xususan, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Matluba Kasimovaning 2020-yilda tug‘ilgan farzandining tug‘ilishi qayd qilinmagan va shu vaqtga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lmagan.

Huquqiy aksiya targ‘iboti davomida aniqlangan muammo yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar natijasida, Yunusobod tumani 2-son FHDY bo‘limi tomonidan bolaga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, topshirildi.

Bugungi to’ylar haqida fikr almashildi 08.08.2025 Bugungi to’ylar haqida fikr almashildi
Yangihayot tuman adliya bo‘limi, “Madat” NNT, FHDY bo‘limi hamda  tuman Xalq deputatlari tuman Kengashi a'zolari hamkorligida tumanning 329-umumta'lim maktabida "Oilaning huquqiy asoslari va o'tkazilayotgan to'y tadbirlarining huquqiy va ma'naviy qadryatlari haqida" seminar bo'lib o'tdi.

Tadbir ishtirokchilari “To’y bu baxtmi yoxud millatimiz illatlari” mavzusida bugungi kunda o’tkazilayotgan to’ylardagi ortiqcha sarf-xarajatlar va dabdababozlik marosimlari  haqida fikr almashishdi.

Shuningdek, yoshlarning oilaviy hayotga, yangi turmush tarziga moslashib ketishlarida kattalarning o’rni va erta ajrimlarning oldini olish borasida ham so’z yuritildi.

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 3-majlisi bo’lib o’tdi 08.08.2025 Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 3-majlisi bo’lib o’tdi

Tadbir doirasida adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligi mobaynida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar haqida axborot taqdim qilindi.

Xususan, boshqarma tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi, taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy taʼlim hamda tarbiyaga doir tadbirlar hamda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish haqidagi takliflar bo‘yicha batafsil axborot taqdim qilindi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashining dastlabki  majlisi bo‘lib o‘tdi 07.08.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–188-son qarori bilan Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etilgan.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘riladigan 17 ta davlat xizmatlari belgilangan.

Shu asosda, Kengash majlisida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni monitoring qilish natijalariga ko'ra rad etilgan arizalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ma’muriy organlarga yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

06.08.2025 Munosabat!

Oila ostonasida turgan yoshlar o’qitilmoqda 04.08.2025 Oila ostonasida turgan yoshlar o’qitilmoqda
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi va FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markaziga biriktirilgan mutaxassislar ishtirokida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar o‘qitildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida yoshlarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, inson ma’naviyati, oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 50 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.


Новости 61 - 70 из 1127
Начало | Пред. | 5 6 7 8 9 | След. | Конец