Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

13
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi

Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasining tegishli buyrug‘i bilan Olmazor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Xolikova Gulrux Xurramovnaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi TN 0103 raqamli litsenziyaning amal qilishi va notarius maqomi tugatildi.

30
Poytaxtda 13 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Poytaxtda 13 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
ro'yxat

12
“Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning asosiy vazifamiz” mavzusida Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar ishtirokida tadbir tashkillashtirildi.

#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning asosiy vazifamiz” mavzusida Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar ishtirokida tadbir tashkillashtirildi.

Tadbir davomida adliya organlari va muassasalari xodimlarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini-olish, korrupsiyaga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish va ushbu sohadagi ishlarni kuchaytirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek korrupsion holatlarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

25
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish

Yangihayot tumani adliya bo‘limi tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tumandagi 356-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati, xususan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir so‘nggida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

24
Yashnobod tumanida sayyor qabul tadbirlari tashkil etildi

Adliya vazirligi va Yashnobod tuman adliya bo‘limi tomonidan  67-sonli oilaviy poliklinika, 153-sonli davlat umumta'lim maktabi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi Yashnobod tumani bo'limida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir mehnat jamoalari, ayniqsa, tibbiyot va ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar bilan ularning muammolarini aniqlash, hal etish va boshqa ijtimoiy masalalar bo'yicha ochiq muloqot tarzida o'tkazildi.

Sayyor qabul davomida  60 ga yaqin fuqarolarning qonunchilikdagi imtiyozlarning qo‘llanishi, mehnat, uy-joy, tibbiy va ijtimoiy yordam va ijtimoiy ta'minot  bilan bogʻliq muammolari o‘rganilib, tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish talab qiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

23
Inson huquqlari oliy qadriyat

Yunusobod tumanidagi 52-sonli oilaviy poliklinika hamda 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Adliya vazirligi hamda Yunusobod tuman adliya bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan o'tkazilgan mazkur tadbir mehnat jamoalari, ayniqsa, tibbiyot va ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar bilan ularning muammolarini aniqlash, hal etish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha ochiq muloqot tarzida o'tkazildi.

Sayyor qabul davomida 40 ga yaqin fuqarolarning qonunchilikdagi imtiyozlarning qo‘llanishi, mehnat, uy-joy, tibbiy va ijtimoiy yordam va ijtimoiy ta'minot  bilan bogʻliq muammolari o‘rganilib, tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish talab qiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

23
Faxriylar faxrimiz

Kuni kecha Toshkent shahar adliya boshqarmasi Faxriylar Kengashi tomonidan "Faxriylar faxrimiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda adliya idoralarida uzoq yillar ishlagan va soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh faxriylar taklif etilib, bir piyola choy ustida suhbat qurildi.

Tadbir so‘nggida yubiley sana munosabati bilan bir guruh fidoiy faxriylar Faxriylar Kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

22
Adliya xodimlari mahallalarda

"Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi PF-80-son Prezident Farmoni doirasida Mirzo Ulug’bek tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Katta Qorasuv”, “Xumoyun” hamda “Traktorsozlar” mahallalarida aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirish maqsadida targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish choralari, qilmish uchun javobgarlik va jazoning muqarrarligi masalalari bo‘yicha, shuningdek, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, ishsizlikdan himoyalanishning huquqiy mexanizmlari, ushbu imkoniyatlardan foydalanish tartibi haqida aholiga keng qamrovli tushuntirishlar o‘tkazildi.

“Onlayn-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolar tahlil qilinib, ular bo‘yicha huquqiy yechimlar va maslahatlar berildi.

22
Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i Nekov Alisher Jo‘rayevich 2025-yilning  noyabr oyi uchun oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

Alisher Nekov 2002-yilda O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan.

Alisher Nekov boshqarmada mehnat faoliyatini 2022-yilda Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimidan boshlagan. 2023-yildan buyon adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Adliya boshqarmasi jamoasi A.Nekovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh bo'lishini tilaydi.