Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
Oila ostonasida turgan yoshlar o’qitilmoqda

Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi va FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markaziga biriktirilgan mutaxassislar ishtirokida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar o‘qitildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida yoshlarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, inson ma’naviyati, oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 50 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

01
Adliya xodimlari mahallalarda aholi murojaatlarini qabul qilmoqda

Poytaxtning Mirobod tumani "Avloniy" MFY va Sergeli tumanidagi “Izzatli” mahallalarida “Adliya kuni" tadbirlari tashkil etildi. Adliya xodimlari tomonidan o’tkazilgan sayyor qabul, uyma-uy yurish tadbirlari davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar o’rganildi.

"2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida ham aholiga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-son qaror yuzasidan aholiga targ‘ibot materiallari tarqatildi.

31
Oilalarni ajrimdan saqlab qolish choralari ko‘rilmoqda

Sergeli tumanidagi mahallalarda muammoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilikning profilaktikasi hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash orqali ajrimlarning oldini olish maqsadida tuman FHDY bo‘limida o‘quv seminar  tashkil etildi.

Seminarda oilalarni faol ijtimoiy hayotga jalb etish, ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida, mutaxassislar jalb etilib, psixologik trening hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

30
Oila qurish ostonasidagi yoshlarga hayotiy saboqlar berildi

Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo'limi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda yosh oila quruvchilar uchun navbatdagi seminar mashg’ulotlari o'tkazildi.

Turmush qurish arafasida turgan yoshlarga psixolog, diniy idora vakillari va namunali oila egalari oila hayotidagi mas’uliyat, sabr-toqat, o‘zaro hurmat va ishonch muhimligi haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek, oilaning muqaddasligi va uni asrab-avaylash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ongida oilaga jiddiy va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

05
07
Adliya xodimlari mahallalarda

“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi doirasida mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari hal etilmoqda.

Xususan, Mirzo Ulug’bek tumani adliya bo‘limi tomonidan huquqiy aksiya doirasida tumanning “Zakovat” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan  hamkorlikda  fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, fuqarolarning kadastr, aliment undirish tartibi, nogironlikni belgilash kabi masalalarda murojaatlari tinglanib, huquqiy tushintirishlar berildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi davom etmoqda.

07
Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi — Shavkat Mirziyoyev

“Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov”  mavzusida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Bektemir tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda  korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, uning ijtimoiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbirda “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida adliya tizimida start olgan aksiyaning ahamiyati tushuntirilib, barchani aksiyada faol ishtirok etish orqali huquqiy savodxonlikni oshirish imkoniyatidan unumli foydalanishga chorladi.

07
“Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling!

Barchani kitob o‘qishga chorlayotgan „Ziyo ulash“ aksiyasi o‘z atrofiga ko‘plab kitobsevarlarni chorlamoqda.

Alfraganus universiteti talabalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblar topshirib, tashabbusni qoʻllab-quvvatladilar.

“Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling, sevimli asarlaringizni ulashing va jamiyatda bilim aylanmasini yaratishga hissa qoʻshing!

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

06
Davlat hisobidan yuridik yordam masalalari yuzasidan seminar o‘tkazildi


Toshkent shahar adliya boshqarmasida sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar, advokatlar va tuman adliya bo‘limlari mas’ul xodimlari ishtirokida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi, advokatlarni tizim orqali jalb etish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash mexanizmlari hamda amaliy jihatlar batafsil tushuntirildi.

Seminar yakunida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi (https://lex.uz/uz/docs/-7228726)

06
Kitob – eng odil do'st, beminnat muallim

“Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 131-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlov mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.

Qizg’in kechgan tanlov  natijalariga ko‘ra, g'olib bo'lgan  yoshlar tuman adliya bo’limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.